17-tur, 9 yanvar, soat 00:45

VILYaRREAL

Nikola Sansone (50)

1 : 1

BARSELONA

Lionel Messi (90)
JAMOALAR TARKIBI
01.Serxio Asenxo (D)
06.Viktor Ruis
05.Mateo Musachchio
02.Mario Gaspar
11.Yaume Kosta
21.Bruno Soriano
18.Nikola Sansone
20.Roberto Soriano
08.Jonatan dos Santos
14.Manu Triguros
10.Aleshandre Pato
  01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
03.Jerar Pike
19.Lukas Din
08.Andres Inesta
14.Xaver Maskerano
20.Serxi Roberto
21.Andre Gomes
05.Serxio Buskets
11.Neymar
09.Luis Suares
10.Lionel Messi
ZAHIRA
13.Andres Fernandes (D)
22.Antonio Rukavina
12.Alvaro Gonsales
16.Rodrigo Ernandes
19.Samuel Kastilexo
04.Alfred N'Diae
24.Rafael Borre
  25.Xordi Masip (D)
18.Xordi Alba
23.Samuel Yumtiti
06.Denis Suares
07.Arda Turon
12.Rafinya
17.Pako Alkaser
MATNLI TRANSLATSIYA
90+5'
O'yin yakunlandi. "Vilyaerreal" - "Barselona" - 1:1. Kataloniya klubi "Real" bilan oradagi yana 2taga oshirib yubordi
90+4'
Xuami Kosta ikkinchi sariq kartochkani oldi va maydonni tark etdi
90+3'
Roberto o'ng qanotdan yetkazgan uzatmani Asenxo egallab oldi
90+1'
Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi
90'
GOOOL! Lionel MESSI! Dahshatli gol! Naq to'qqizlikka!
89'
Jarima maydonchasi yarim aylanasi oldida Messiga nisbatan fol ishlatildi
85'
Kataloniyaliklar yana bir imkoniyatdan foydalana olishmadi. Himoyachilar yaxshi harakat qilishdi
84'
Neymar chap qanotdan havolatib uzatma berdi. Turon bosh bilan zarba berdi. Noaniq
83'
Pike sariq kartochka oldi
82'
Neymarning uzatmasini Asenxo egallab oldi
79'
Vuuuuh! Messining uzatmasidan keyin Neymar chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Suares emas, himoyachi to'pni egalladi
78'
Hakam Serji Roberto va Sorianoga sariq berdi
75'
VUUUUUH! Barsa qarshi hujumga o'tdi. Messidan uzatma qabul qilgan Luis bir himoyachini aldadi va 12 metrdan zarba berdi. Darvozabon to'pni qaytardi. Arda to'pni darvozabon maydonchasiga qaytardi. Neymar chalqancha uslubda zarba berdi. To'p yuqoridan o'tib ketdi
74'
VUUUUUUH! Messi 15 metrlardan zarba berdi. To'p ustunga tegib qaytdi!!! Omad
72'
Vuuuuh! Neymarning uzatmasidan keyin Messi 14 metrdan zarba berdi. yerda yotgan himoyachi to'p yo'liga qo'lini qo'zib qoldi. To'p uning qo'liga tegib, yuqoridan o'tib ketdi. Hakam penalti belgilamadi
72'
Luis Suares jarima maydonchasi ichida yiqildi. Penalti yo'q
71'
Barsada o'zgarish: Lyuka Din o'rniga Arda Turon tushdi
71'
Messi jarimadan yetkazgan uzatmaga Maskerano bosh bilan zarba berdi. Noaniq
70'
Kosta sariq kartochka oldi
68'
Inesta olis masofadan muvaffaqiyatsiz zarba berdi
68'
Barsada o'zgarish: Gomesh o'rniga Denis Suares tushdi
66'
Barsada yaxshi imkoniyat bor edi. Robertoning uzatmasi o'tmay qoldi
64'
Neymar jarima maydonchasi ichida yiqildi. Tur o'rningdan - dedi hakam
62'
Vilyarreal dadil o'ynamoqda
57'
Barsa qarshi hujumda juda yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi, ammo Neymar aniq pas bera olmadi
53'
Vuuuuh! Mehmonlar to'pni tezda o'yinga kiritishdi. Messining uzatmasidan keyin Neymar jarima maydonchasiga kirdi va birga-bir vaziyatda zarba berdi. Asenxo to'pni egalladi
52'
Jarima maydonchasi burchagidan Neymarga nisbatan fol ishlatildi
50'
GOOOL! Nikola Sansone, 1:0! Vilyareal qarshi hujumdan o'ta samarali foydalandi! Patoning uzatmasidan keyin Sansone olis burchakni aniq nishonga oldi
47'
Barselona ikkinchi bo'lim boshida bosimni oshirayotgandek
46'
Ikkinchi bo'lim boshlandi
45'
Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob ochilmadi
45'
Vuuuh! Din chap qanotdan oldinga o'tdi va to'pni jarima maydonchasi chizig'i ustiga yetkazdi. Suaresning zarbasi aniq, ammo darvozabon to'pni qabul qildi
43'
Vuuuh! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Messi bosh bilan zarba berdi. To'sin ostiga kirayotgan to'pni Asenxo yuqoriga ko'tarib yubordi
43'
Neymarning uzatmasidan keyin Suares jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qildi. Burchak to'pi
38'
Suares yana ofsaydda
36'
Luis Suares ofsaydda qoldi
33'
Vuuuh! Robertoning uzatmasidan keyin Suares o'ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Neymarning zarbasini himoyachi qaytarishga muvaffaq bo'ldi
32'
Lyuka Din chap qanotdan uzatma berdi. Mezbonlar to'pni egallab, qarshi hujumga o'tishdi. Samarasiz
31'
Inesta jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Rekoshet holatida borgan to'pni Asenxo egalladi
28'
Vilyarreal yaxshi hujum tashkil qildi, ammo Soriano ofsaydda qoldi
27'
Ko'k-anorranglilar qisqa-paslar orqali mezbonlar jarima maydonchasiga kirib kelishdi, biroq Neymarning so'nggi uzatmasi Messigacha o'tmadi
24'
Vuuuh! Neymar raqib jarima maydonchasi tashqarisida 2-3 futbolchidan o'tib ketdi va 23 metrlardan kuchli zarba berdi. To'p shundoqqina ustun yonidan o'tib ketdi
21'
Bu safar Sansone jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Ter Shtegen to'pni egallab oldi
19'
Mezbonlar yaxshi qarshi hujum tashkil qilishdi. Dos Santos oldinga o'tdi va 22 metrdan zarba berdi. Ter Shtegen to'pni egalladi
18'
Barsa to'pni nazorat qilmoqda. Mezbonlar yaxshi himoyalanib, raqibga imkoniyat berishmayapti. Gomesning olis masofadan zarbasi aniq chiqmadi
12'
Vuuuuuh! Vilyarreal futbolchilari yana bir ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi! Pato chap qanotda bir futbolchini aldab o'tib, darvoza oldiga uzatma berdi. Barselona himoyachilar katta qiyinchilik bilan darvozaga zarba berilishining oldini olishdi
12'
Jarima maydonchasiga kirgan Suaresga Messi yuqoridan uzatma berdi. Luis to'pga yeta olmadi
10'
VUUUUUUH! Jonatan dos Santos o'ta qulay vaziyatdan foydalana olmadi! Xayme Kosta chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va narigi tomonda bo'sh turgan jamoadoshiga pas berdi. dos Santosning zarbasidan keyin to'p darvoza yuqorisidan o'tib ketdi
9'
Barsa bosimni oshirmoqda. Messining uzatmasidan keyin Neymar chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvoza oldiga uzatma berdi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi
7'
Inesta parshyut uslubida raqib darvozasi oldiga uzatma berdi. Kataloniyalik hujumchilar uning fikrini tushunishmadi
5'
Messi-Inesta-Roberto kombinatsiyasidan keyin Serji yetkazgan uzatmani darvozabon egallab oldi
3'
Oho! Inesta jarima maydonchasi burchagidan kuchli va aniq zarba berdi. Asenxo to'pni egallab oldi
2'
Burchak to'pi samarali chiqmadi
2'
Vilyarreal burchak to'pi ishladi
0'
Bahs boshlandi. To'pni o'yinga "sariq suvosti kemasi" kiritib berdi. Boshladik!
'
Diqqat! Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Har ikkala jamoa bugun o'zining asosiy formasida harakat qiladi
'
Ispaniya chempionatining 17-turi doirasida "Vilyarreal" o'z maydonida "Barselona"ni qabul qilmoqda. O'yin boshlanishiga 15 daqiqa qoldi
'
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari.

• Bosh sahifa
© Championat.In - 2014-2016 Derbi.Uz
waplog