17-tur, 7 yanvar, soat 17:00

REAL MADRID

Isko (12, 31)
Benzema (20)
Krishtianu Ronaldu (27)
Kazemiro (58)

5 : 0

GRANADA

JAMOALAR TARKIBI
01.Keylor Navas (D)
05.Rafael Varan
06.Nacho
12.Marselo
02.Daniel Karvaxal
19.Luka Modrich
22.Isko
08.Toni Kroos
14.Kazemiro
07.Krishtianu Ronaldu
09.Karim Benzema
  13.Gilermo Ochoa (D)
12.Gabriel Silva
17.Ruben Vezo
06.David Lomban
02.Tito
10.Jeremi Boga
18.Andreas Pereyra
04.Serxi Samper
14.Frank Tabanu
05.Uche Agbo
24.Artem Kravets
ZAHIRA
13.Kiko Kasilya (D)
15.Fabiu Kuentrau
23.Danilo
20.Marko Asensio
10.Xames Rodriges
18.Mariano Dias
21.Alvaro Morata
  01.Oier Olazabal (D)
03.Gaston Silva
08.Xavi Markes
11.Djon Toral
15.Omer Atzili
23.Alberto Bueno
09.Esekel Ponse
MATNLI TRANSLATSIYA
90'
Hakam o'yinga bir soniya ham qo'shib o'tirmadi. O'yin yakunlandi. "Real" - "Granada" - 5:0
90'
Vuuuuh! Artyom Kravets birga bir vaziyatda darvozani ishg'ol qila olmadi! Keylor Navas yaxshi o'ynadi
89'
Ronaldu ofsaydda qoldi
87'
Oho! "Real" qarshi hujumda yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi. Ronaldu jarima maydonchasi chizig'i ustidan kuchli zarba berdi. Ochoa zarbani qaytardi
86'
Navas oldinga chiqib, yon chiziqqa yaqin joyda to'pni egalladi, ammo o'z vaqtida to'pni tepib yubormadi. Hujumchi undan to'pni olib qo'yishisha bir baxya qoldi
82'
Xames Benzemadan uzatma qabul qildi va darvozabon maydonchasining chap qanotidan darvoza tomon zarba berdi. Ochoa to'pni egallab oldi
81'
Mehmonlarning taxlikali hujumi. Navas ishonchli o'ynadi
77'
"Granada"da o'zgarish: Tabanau o'rniga Esekel Ponse tushdi
75'
"Granada" hujumchisi mezbonlar jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qildi, ammo ofsayd
73'
Ehhh, Ronaldu! Jarimadan yetkazilgan uzatmaga davrozabon maydonchasi oldida bosh bilan zarba berdi. To'p darvoza tomon emas, ortga ketib qoldi
72'
Frank Tabanou ogohlantirildi. Karvaxalning oyog'iga tagiga xavfli tashlandi
71'
Kazemiro sariq oldi. Qo'pol o'yin uchun
71'
Vuuuuh! Xames jarimadan yo'llagan zarba natijasida to'p to'sin va ustun kesishgan joy yonidan o'tib ketdi
70'
Gabriel da Silva sariq kartochka oldi. To'pni qo'li bilan o'ynagani uchun
68'
"Real"da o'zgarish: Marselo o'rniga Fabiu Koentrau tushdi
68'
Mehmonlar chap qanotdan jarima to'pini o'yinga kiritishdi. Samarali chiqmadi
65'
Vuuuh! Ochoa jamoasini goldan qutqardi, biroq Benzema ofsaydda qolgan ekan
62'
Ronaldu o'ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi, ammo unga himoyachi xalal berdi. Zarba muvaffaqiyatli chiqmadi
58'
GOOL! Kazemiro, 5:0! Xames o'ng burchakka yaqin joyda belgilagan jarima to'pini olis ustun yoniga yetkazdi. Kazemiro darvozaning bo'sh qolgan qismiga to'pni joylab qo'ydi!
58'
"Real" hujumkor o'ynashda davom etmoqda. Mezbonlar yana 4ta gol urishmoqchi shekilli.
57'
"Granada" futbolchisi Uche Agbo sariq kartochka oldi
50'
"Real"da o'zgarish: Isko o'rniga Marko Asensio tushdi
50'
Madridning tezkor hujumi. Qarvaxal o'ng qanotdan aniq uzatma bilan to'pni Iskoning boshiga qo'ndirdi, ammo yarim himoyachi aniq zarba bera olmadi
46'
Vuuuh! Chiroyli kombinatsiya natijasida Benzema jarima maydonchasi chizig'i ustida to'pni qabul qildi va chap oyoqda zarba berdi. Ochoa to'pni qaytardi
46'
"Real"da o'zgarish bo'ldi: Toni Kroos o'rniga Xames Rodriges tushdi
46'
Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45'
Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha "Real" - "Granada" - 4:0. Tanaffus
44'
Serxi Samper sariq kartochka oldi
43'
Vuuuuh! Modrich Benzema bilan "devor" o'ynab oldi va 12 metrlardan zarba berdi. Ochoa to'pni egalladi
42'
"Granada" futbolchisi chap qanotdan darvoza oldiga uzatma berdi. Navas to'pni egallab oldi
37'
Isko! Jarima maydonchasi tashqarisidan xavfli zarba yo'lladi. Ochoa chiroyli sakrash orqali to'ni qaytardi
31'
GOOOL! Isko, 4:0! Modrich o'ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasi chizig'i ustiga uzatma berdi. Isko 5 metrdan darvozani ishg'ol qildi!
30'
Merselo chap qanotdan yerlatib darvoza oldiga uzatma berdi. Ochoa to'pni egallab oldi
27'
GOOL! Krishtianu Ronaldu, 3:0! Marselo qanotdan yetkazib bergan uzatmani portugaliyalik futbolchi bosh bilan darvozaga joyladi
20'
GOOL! Karim Benzema, 2:0! "Granada" darvozasi tomon berilgan zarbani darvozabon qaytardi. Qaytgan to'pni Benzema darvozaga joylab qo'ydi
19'
"Granada"ning kamsonli hujumlaridan biri bartaraf etildi
16'
"Real" hujum qilishda davom etmoqda. Bu paytda esa mezbonlar gol urgan paytganda Isko qoidabuzarlik evaziga raqibdan to'pni olib qo'ygani takroriy lavhalar orqali namoyish qilindi
12'
GOOL! Isko, 1:0! Isko birga bir vaziyatga chiqdi va darvozani ishg'ol qildi
10'
Marselo olis masofadan zarba yo'lladi. Noaniq
6'
"Real"ning ilk xavfli hujumi. Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Karvaxal egalladi va olis ustun tomon uzatma berdi. Uzatmaga hech kim yetib bora olmadi
4'
Madridliklar o'yin nazoratini o'z qo'llariga olishmoqda
1'
O'ng qanotdan hujumga qo'shilgan Karvaxalga uzatma berildi. Himoyachi muvozanatni saqlay olmayman, yiqilib tushdi
1'
O'yin boshlandi!
'
O'yin oldidan Krishtianu Ronalduga "Oltin to'p"ning topshirish marosimi o'tkazilmoqda. "Qirollik klubi" yulduzlari — Zidan, Ronaldo, Figu maydonga taklif etilishdi. Ular "Oltin to'p"ni Krishtianuga topshirishadi
'
Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda.
'
"Real" o'z maydonida "Granada"ni qabul qilmoqda. O'yin boshlanishiga ko'p vaqt qolmadi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! 3 haftalik tanaffusdan keyin Ispaniya La ligasi o'yinlari daovm etadi

• Bosh sahifa
© Championat.In - 2014-2016 Derbi.Uz
waplog