23 dekabr, soat 21:30

YuVENTUS

Kellini (18)

1 : 1

MILAN

Boneventura (38)
JAMOALAR TARKIBI
01.Janluidji Buffon (D)
26.Stefan Lixtshtayner
12.Aleks Sandro
03.Jorjo Kellini
24.Daniele Rugani
27.Stefano Sturaro
05.Miralem Pyanich
06.Sami Xedira
08.Klaudio Markizio
09.Gonsalo Iguain
17.Mario Manjukich
  99.Janluidji Donnarumma (D)
20.Inyatsio Abate
02.Mattia De Shilo
29.Gabriel Paletta
13.Alessio Romanoli
91.Andrea Bertolachchi
73.Manuel Lokatelli
33.Yuray Kutska
05.Jakomo Bonaventura
08.Suso
70.Karlos Bakka
ZAHIRA
32.Emil Audero (D)
25.Neto (D)
04.Mexdi Benatia
33.Patris Evra
15.Andrea Bartsali
40.Luka Kokkolo
07.Xuan Kuadrado
18.Mario Lemina
11.Ernanes
22.Kvadvo Asamoa
20.Marko Pyatsa
21.Paulo Dibala
  01.Gabriel (D)
15.Gustavo Gomes
17.Kristian Sapata
31.Luka Antonelli
10.Keysuke Xonda
80.Mario Pashalich
14.Matias Fernandes
23.Xose Sosa
16.Andrea Poli
09.Janluka Lapadula
07.Luis Adriano
11.M'Baye Nyang
MATNLI TRANSLATSIYA
'
"Milan" so'nggi besh yilda birinchi sovrinini qo'lga kiritdi
3:4'
GOOOOL! Mario Pashalich! "Milan" Italiya superkubogini qo'lga kiritdi!
3:3!'
Donnarumma! Paolo Dibalaning zarbasini qaytardi!
3:3!'
GOL! Suso! markaz bo'ylab zarba berdi
3:2'
GOL! Xedira!
2:2!'
GOL! Kutska!
2:1'
GOL! Iguain! Markaz bo'ylab zarba berdi. Donnarumma yonga tashlandi
1:1'
GOL! Boneventura!
1:0'
Vuuuuh! Manjukichning zarbasidan keyin to'p to'singa tegib, yuqoriga ko'tarilib ketdi!
1:0'
Buffon! Lapadulaning zarbasini qaytardi!
1:0'
GOL! Markizio!
'
Diqqat, dastlabki zarbani "Yuventus" ijro etadi
'
Iguain sariq kartochka oldi. Hakam bilan tortishgani uchun
120'
O'yin yakunlandi. O'yinda g'olib nomi aniqlanmadi. Navbat penaltilar seriyasiga
119'
Vuuuuh! Dibala himoyachilarni aldab, jarima maydonchasiga kirdi va o'tkir burchak ostida zarba berdi. To'p Donnarummmaga orqali Paoloning o'zidan maydonni tark etdi
118'
Vuuuuh! Iguain jarima maydonchasi ichida to'pni ko'kragi bilan qabul qildi va zarba berdi. Zarba biroz noaniq, boz ustiga argentinalik hujumchi ofsaydda qolgan ekan
116'
VUUUUUH! Lemina maydon markazida "Milan" futbolchisidan to'pni olib qo'ydi va xavfli hujumga asos soldi. Evra chap qanotdan yerlatib uzatmaga Dibala 6 metrdan zarba berdi. To'p darvoza yuqorisidan o'tib ketdi!
113'
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Rugani bosh bilan zarba berdi. Noaniq
112'
Chap qanotdan "Milan" darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Paletta bosh bilan to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
111'
VUUUUUH! Patris Evra darvozani ishg'ol qildi. Ammo qanot himoyachisi yaqqo ofsaydda qolgandi, gol inobatga olinmadi
108'
Vuuuh! Yaxshi qarshi hujum. Pashalich "Yuve" jarima maydonchasi ichida olis burchakka aylanma berishga urindi. Ammo noaniq
107'
Iguain o'tkir burchak ostida zarba berdi. To'p Donnarummadan maydonni tark etdi
107'
Milanliklar o'z jarima maydonchalari yaqinida Dibalaga zarba berish imkonini berishmadi
106'
To'rtinchi bo'lim boshlandi. Yana 15 daqiqa
105+1'
Uchinchi bo'lim yakunlandi.
105'
Uchinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi
103'
Vuuuuh! Iguain "Milan" jarima maydonchasiga yorib kirib yiqildi, penalti yo'q
102'
"Milan"da o'zgarishlar: de Shilbo o'rniga Lapadula, Abate o'rniga Luka Antonelli tushirildi
100'
"Yuventus" to'pni nazoat qildi, ammo "rossoneri" qarshi hujumga o'tdi. Kellini xavfni bartaraf etdi
96'
Suso yana bir marta burchak to'pini o'yinga kiritdi. Bakka hujumda fol qayd etdi
95'
Suso burchak to'pini o'yinga kiritdi. Buffon musht bilan to'pni urib yubordi
92'
VUUUUUUH! O'ng qanotdan yetkazilgan uzatma natijasida to'p olis ustun tomonda turgan Boneventuraga kelib tushdi. Uning zarbasini Buffon qaytardi, ammo Bakka yaqin masofadan darvozaning bo'sh qolgan qismiga to'pni joylay olmadi!
91'
Uchinchi bo'lim boshlandi
90+3'
O'yinning asosiy vaqti yakuniga yetdi. Kichik tanaffus va qo'shimcha bo'limlarni tomosha qilamiz
90+1'
Vuuuh! Suso yetkazgan uzatmaga Bakka bosh bilan zarba berishga urindi, ammo kolumbiyalik futbolchi baland sakray olmadi
90'
Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi
88'
"Yuve" qarshi hujumga o'tdi. Iguain bergan uzatmani "Milan" himoyachisi egallab oldi
87'
"Milan" burchak to'pini o'yinga kiritdi. Milanliklar to'pni nazorat qilishmoqda
83'
Vuuuuuuh! O'ng qanotdan Suso yetkazgan uzatmaga Bakka darvozabon maydonchasi ichidan zarba berdi. Buffon murakkab zarbani qaytardi!!!
81'
Suso o'ng qanotdan uzatma berdi. Buffon to'pni egallab oldi
80'
Vuuuh! Dibala jarima maydonchasi chizig'i ustidan zarba berdi. Donnarumma ikkinchi urinishda to'pni egallab oldi
79'
"Yuve"da o'zgarish: Sturaro o'rniga Mario Lemina tushdi
77'
Vuuuuh! Dibala olis masofadan yerlatib zarba berdi. To'p ustundan yarim metr masofadan o'tib ketdi
74'
"Milan"da o'zgarish: Lokatelli o'rniga Mario Pashalich tushdi
72'
Vuuuuuh! "Yuve" futbolchilari qisqa paslar orqali jarima maydonchasiga kirib kelishdi. Iguain darvozabon maydonchasining o'ng tomonida darvozaga yaqiniga uzatma berdi. Xavf bartaraf etildi
71'
O'ng qanotda belgilangan jarima to'pini Dibala o'yinga kiritdi. Milanliklar to'pni maydon markaziga qaytarishdi
69'
Turinliklar ijrosidagi jarima to'pi bartaraf etildi
68'
Vuh! Qanotdan yetkazilgan uzatma natijasi to'p Romanolining boshi orqali Sturaroga kelib tushdi. Ammo "Yuve" futbolchisi samarali zarba bera olmadi
67'
"Yuventus"da o'zgarish: Pyanich o'rniga Paolo Dibala tushdi
65'
Vuuuuh! Xedira "Milan" jarima maydonchasi tashqarisida raqibning 2-3 futbolchisni aldadi va 16 metrdan zarba berdi. Donnarumma to'pni egallab oldi
62'
Vuuuuuuuh! Kutska jarima maydonchasi burchagidan olis ustun tomon uzatma berdi. To'p Buffondan o'tib ketdi, ammo Bakka ham to'pga tashlanishga kech qoldi
60'
Vuuuuh! Xedira olis masofadan kuchli va aniq zarba berdi. Donnarumma to'pni darvoza ustidan o'tkazib yubordi
59'
Iguain ofsaydda qoldi
57'
VUUUUUH! Qanotdan yetkazilgan uzatmaga Romanoli bosh bilan zarba berdi. To'p Buffonning ustidan oshib o'tdi, ammo to'singa tegib qaytdi!
56'
Vuuuh! Milanliklarning xavfli hujumi. Suso jarima maydonchasi ichida zarba berishga muvaffaq bo'ldi. To'p himoyachining oyog'idan maydonni tark etdi
55'
Vuh! Olis masofadan yetkazilgan uzatmani Iguain qabul qildi va jarima maydonchasi burchagidan zarba berdi. Ammo noaniq
53'
"Milan"ning hujumlari, ammo samarasiz
50'
Manjukich chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, ammo sheriklarini to'p bilan ta'minlay olmadi
47'
"Milan" raqibining hujumini bartaraf etdi, ammo o'zi qarshi hujumdan foydalana olmadi
46'
Ikkinchi bo'lim boshlandi
45+2'
Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus. Hozircha "Yuventus" - "Milan" - 1:1.
45+1'
Turin jamoasi burchak to'pini o'yinga kiritdi.
45'
Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi
43'
Lokatelli sariq kartochka oldi
41'
Xavfli vaziyat! Manjukich o'ng qanotdan "Milan" jarima maydonchasiga uzatma berdi. Sturaro to'pga yeta olmadi
40'
Hakam Lixtshtaynerni kechirdi. Unga ikkinchi sariq kartochkani berib, maydondan haydashi kerak edi
39'
GOOOL! Boneventura, 1:1! Suso o'ng qanotdan yetkazgan uzatmani Jakomo 11 metrli nuqta ustida bosh bilan zarba berib, darvozaga joyladi!
38'
Ehh, Bakka! Suso o'ng qanotdan bergan uzatma natijasida to'p yolg'iz turgan Bakkaga kelib tushdi, ammo hujumchi to'pni o'ziga bo'ysindira olmadi!
37'
Patris Evra chap qanotdan hujumga qo'shilib, jarima maydonchasi ichidagi Sturaroga uzatma berdi. Stefano jamoadoshini tushunmadi
35'
Lixtshtayner sariq kartochka oldi
32'
"Yuventus"da majburiy o'zgarish: Jarohat olgan Alekks Sandro o'rniga Patris Evra tushdi
27'
O'yin maydon markaziga ko'chdi
22'
Vuuuh! "Milan" o'ng qanotdan jarima to'pini o'yinga kiritdi. Turinlik himoyachilar to'pni qaytarishdi, ammo to'pni egallagan milanliklar o'ng qanotdagi Susoga uzatma berishdi. Susoning chap oyoqda bergan zarbasidan keyin to'p olis ustun yonidan o'tib ketdi
18'
GOOOL! Jorjio Kellini, 1:0! Burchakdan yetkazilgan uzatmani "Yuve" himoyachisi bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi!
17'
Vuuuuuuh! "Yuventus"ning xavfli hujumi! Sturaro jarima maydonchasi ichida zarba berdi. Donnarummma qaytargan to'pni himoyachi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
15'
Burchak to'pi o'yinga kiritildi, ammo Manjukich raqib jarima maydonchasi ichida fol ishlatdi
14'
Allegri shogirdlari jarima maydonchasi tashqarisidan jarima zarbasi tepishdi. Burchak to'pi
13'
Oho! Donnarumma o'z himoyachisidan kelgan to'pni qabul qildi hamda o'z tomon "podkat" tashlab kelgan Sturaroni aldab o'tishga qaror qildi. Janluidji bu ishning uddasidan chiqdi
10'
Turinliklar burchak to'pini o'yinga kiritishdi. Himoyachilar qaytargan to'pni "Yuve" tayanch yarim ximoyachisi egalladi va olis masofadan aniq zarba berdi. Darvozabon to'pni egallab oldi
9'
Manjukich chap qanotdan "Milan" jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi
8'
Burchakdan yetkazilgan uzatma "Milan" himoyachisi boshidan yon tomonga ketdi
7'
Vuh! Manjukich jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Donnarumma to'pni maydon tashqarisiga burib yubordi
6'
Abate o'ng qanotdan "Yuve" jarima maydonchasiga uzatma berdi. Kellini bosh bilan to'pni qaytardi
4'
Lixtshtayner qaltis o'ynadi. Uning Buffon tomon yetkazgan uzatmasiga Bakka yetib olishiga bir baxya qoldi
4'
"Yuve" tashabbusni qo'lga olayotgandek
2'
Sturaro jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Zarba aniq, ammo Donnarumma to'pni egallab oldi.
2'
"Yuventus" futbolchilari o'z darvozabonlariga uzatma berishdi, Bakka to'p uchun yugurmoqchi bo'lganida himoyachiga urilib yiqildi. Hakam qoida buzilmaganini qayd etdi
1'
Diqqat! O'yin boshlandi!
'
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Turin superklubi Italiya chempionligini qo'lga kiritgan bo'lsa, "rossoneri" Italiya kubogi sohibiga aylangan
'
"Yuve" oq-qora yo'l-yo'l, "Milan" esa qora-qizil yo'l-yo'l rangli futbolkalarda o'ynaydi
'
Diqqat! "Yuventus" va "Milan" jamoalari maydonga chiqib kelishmoqda.
'
O'yin boshlanishiga ko'p vaqt qolmadi
'
Italiya superkubogi uchun "Yuventus" va "Milan" klublari Qatarda bahs olib borishadi.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!

• Bosh sahifa
© Championat.In - 2014-2016 Derbi.Uz
waplog