16-tur, 19 dekabr, soat 00:45. Bosh hakam: Mateo Laos

BARSELONA

Luis Suares (18, 67)
Jordi Alba (69)
Lionel Messi (90)

4 : 1

ESPANOL

David Lopes (79)
JAMOALAR TARKIBI
01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
03.Jerar Pike
18.Xordi Alba
05.Serxio Buskets
14.Xaver Maskerano
20.Serxi Roberto
06.Denis Suares
08.Andres Inesta
09.Luis Suares
11.Neymar
10.Lionel Messi
  13.Diego Lopes (D)
23.Diego Reyes
29.Aaron Martin
18.Xavi Fuego
15.David Lopes
16.Xavi Lopec
20.Pape Diop
14.Xose Xurado
19.Pablo Pyatti
07.Jerar Moreno
10.Felipe Kaysedo
ZAHIRA
13.Yasper Sillessen (D)
19.Lukas Din
23.Samuel Yumtiti
04.Ivan Rakitich
07.Arda Turan
12.Rafinya
17.Frantsisko Alkaser
  01.Roberto Ximenes (D)
03.Ruben Dyuarte
06.Oskar Duarte
09.Xose Reyes
28.Mark Roka
30.Oskar Melendo
22.Alvaro Vaskes
MATNLI TRANSLATSIYA
90+6'
Mateo Laosning hushtagi yangradi. O'yin yakunlandi. "Barselona" - "Espanol" - 4:1.
90+4'
Messi chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. To'pni darvozaga burib qo'yadigan futbolchi topilmadi
90+2'
Messidan uzatma qabul qilgan Neymar jarima maydonchasi ichida olis burchak tomon zarba berdi. Ximenes zarbani qaytardi
90'
Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi
90'
GOOOOL! Lionel Messi, 4:1! Argentinalik futbolchi Suares bilan "devor" o'ynab oldi va birga bir vaziyatda to'pni darvozabonning oyoqlari orasidan o'tkazib qo'ydi
88'
Mehmonlar o'ng qanotdan jarima to'pini o'yinga kiritishdi. To'p narigi qanotdan maydonni tark etdi
87'
VUUUUUH! Messi va Neymar bir-birlarini yaxshi tushunib harakat qilishdi. Leo 8-9 metrlardan zarba berdi. To'p olis ustun yonidan o'tib ketdi
85'
Vuuuh! Messining uzatmasidan keyin Neymar jarima maydonchasiga kirayotgandi, so'nggi pallada himoyachi to'pni qaytarib qoldi
82'
Messi Neymarni darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqarib yubordi. Ammo Neymar ofsaydda qolgan ekan
79'
GOOL! David Lopes, 3:1! Mezbonlar himoyada biroz bo'shashishdi va bundan "Espanol" samarali foydalandi. Lopes chiroyli kombinatsiyani golga aylantirdi
74'
Pyatti va Alba to'qnashib ketishdi
69'
GOOOL! Jordi Alba, 3:0! Messi yana jarima maydonchasi tashqarisida 4 futbolchidan o'tib ketdi va to'p Albaga bordi. Jordining zarbasidan keyin to'p olis burchakka kirib ketdi
67'
GOOOOL! Luis Suares, 2:0! Messi raqib jarima maydonchasi tashqarisida birdaniga 4 futbolchidan o'tib ketib, zarba berdi. Ximenes to'pni qo'lidan chiqarib yubordi va Suares darvozani ishg'ol qildi.
66'
"Barsa"da o'zgarish: Denis Suares o'rniga Rafinya tushdi
65'
Kaysedo sariq kartochka oldi. Taktik fol ishlatdi
62'
Neymarning uzatmasi o'tganida Luis Suares birga bir vaziyatga chiqib ketardi...
61'
Qarshi hujumda Messi maydon markazidan Neymarni oldiga boshladi. Braziliyalik hujumchi to'pga biroz yeta olmadi. To'pni Ximenes egallab oldi
57'
Neymar jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo'lladi. Ancha noaniq
56'
Neymarning jarimadan bergan zarbasidan so'ng to'p olis ustun tomondan maydonni tark etdi
55'
Neymar qanotda ikki futbolchi orasidan o'tib ketishga urindi. Unga nisbatan fol ishlatildi
53'
Neymar burchak to'pini o'yinga kiritdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi
52'
"Espanol"da majburiy o'zgarish: Diego Lopes o'rniga Roberto Ximenes tushdi
51'
"Espanol" posboni Luis Suares bilan to'qnashib ketib, jarohat olgan ko'rinadi
50'
Ehhhh, Suares! Messining chiroyli pasida keyin Luis darvozabon bilan yakkama-yakka holatda qoldi. To'p Diego Lopesning oyog'idan maydonni tark etdi
48'
Vuuuuh! Inestadan uzatma qabul qilgan Messi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. U zarba berayotganida oyog'i sirpanib ketgani bois, to'p darvozaga aniq bormadi
46'
Ikkinchi bo'lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha "Barselona" - "Espanol" - 1:0. Tanaffus
45'
Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi
42'
Inesta Suares bilan "devor" o'ynab, jarima maydonchasiga kirdi, ammo zarba berishga ulgurmadi
41'
"Barselona" futbolchilari tezlikni oshirishdi. Ular qisqa paslar orqali raqib jarima maydonchasiga kirishga urinishdi. Messi zarba berishga ulgurmadi
37'
Vuuuuh! O'ng qanotdan "Barsa" jarima maydonchasiga kirib kelgan Morenoga uzatma berildi. Jerarning zarbasidan keyin to'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi
36'
Mehmonlar to'pni nazorat qilishmoqda
33'
Inestaning uzatmasidan keyin Suares chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi, ammo himoyachini aldab o'ta olmadi
30'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani mehmonlar qaytarishdi
29'
vuuuuh! Qarshi hujumda Neymar chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va bir himoyachini aldab, yordamga kelgan Messiga uzatma berdi. Lionelning zarbasidan keyin to'p olis ustun yonidan o'tib ketdi!
27'
Neymar o'ng qanotdan jarima maydonchasiga kirayotgan Serji Robertoni ko'rdi va unga uuzatma berdi. "Barsa" futbolchisi raqib himoyachisining harakatiga chalg'ib qoldi va to'pga yeta olmadi
25'
Messi jarimadan bergan zarba natijasida to'p jonli devorga tegdi
24'
Luis Suaresga nisbatan fol ishlatildi
24'
Messi o'z uslubida jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi to'pni qaytarib qoldi
21'
"Espanol" hujum tashkil qilishga urinmoqda
18'
GOOOOL! Luis Suares, 1:0! Qarshi hujumda Inesta olis masofadan oldinga chiziqqa uzatma berdi. Suares birga bir vaziyatga chiqdi va Lopesni dog'da qoldirdi
16'
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Moreno bosh bilan zarba berdi. Noaniq
14'
Alba ofsaydda qoldi
13'
Aaron Martin sariq kartochka oldi. Maydon markzida Messini yiqitgani uchun
12'
Mehmonlarning burchak to'pini va undan keyingi hujumini ko'k-anorranglilar bartaraf etishdi
11'
Xurado! Chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, ammo Denis to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to'pi
10'
Pablo Pyatti sariq kartochka oldi
7'
VUUUUUUUH! Qarshi hujumda Luis Suares chap qanotdan oldinga o'tayotgan Neymarga uzatma berdi. Braziliyalik futbolchi to'pni narigi tomondan jarima maydonchasiga yetib kelgan Messiga uzatdi. Lionel o'ng oyoqda zarba berdi, ammo to'p ustun yonidan o'tib ketdi. Ajoyib imkoniyat edi!
4'
Inestaning uzatmasidan keyin Luis Suares bu safar chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi, ammo himoyachi to'pni qaytarib qoldi
4'
Serji Roberto o'ng qanotdan hujumga qo'shildi va to'pni jarima maydonchasi chizig'i ustiga uzatma berdi. Himoyachi to'pni qaytarib qoldi
3'
Luis Suares ofsaydda qolib ketdi
2'
"Barselona" ko'k-anorrang, "Espanol" oq-ko'k yo'l-yo'l formada o'ynamoqda
0'
Diqqat, Kataloniya derbisi! "Barselona" va "Espanol" jamoalari o'rtasidagi o'yin boshlandi!

• Bosh sahifa
© Championat.In - 2014-2016 Derbi.Uz
waplog