17-tur, 18 dekabr, soat 21:00. Bosh hakam: Martin Atkinson

MANChESTER SITI

Leroy Sane (47)
Rahim Sterling (71)

2 : 1

ARSENAL

Teo Uolkott (5)
JAMOALAR TARKIBI
01.Klaudio Bravo (D)
05.Pablo Sabaleta
11.Aleksandr Kolarov
30.Nikolas Otamendi
22.Gael Klishi
06.Fernando
17.Kevin de Bryuyn
07.Rahim Sterling
21.David Silva
19.Leroy Sane
42.Yahyo Ture
  33.Petr Chex (D)
06.Loran Koselni
05.Gabriel Paulista
24.Ektor Bellerin
18.Nacho Monreal
29.Granit Djaka
11.Mesut Ozil
34.Fransis Koklen
14.Teo Uolkott
07.Aleksis Sanches
17.Aleks Ivobi
ZAHIRA
13.Vilfredo Kabalero (D)
03.Bakari Sanya
24.Jon Stounz
75.Aleyks Garsiya
15.Xesus Navas
72.Kelechi Ixeanacho
09.Nolito
  13.David Ospina (D)
16.Rob Xolding
03.Kiran Gibbs
35.Muhammad el-Nenni
15.Aleks
09.Lukas Peres
12.Olive Jiru
MATNLI TRANSLATSIYA
90+5'
O'yin yakunlandi. "Manchester Siti" - "Arsenal" - 2:1.
90+5'
Fernando sariq kartochka oldi
90'
Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi
90'
Navas o'ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvoza oldiga uzatma berdi
88'
El-Nenni sariq kartochka oldi
84'
"Siti"da o'zgarish: De Bryuyne o'rniga Kelechi Ixeanacho tushdi
82'
Oho! O'zilning uzatmasidan keyin Uolkott o'ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi, ammo Teo sheriklariga uzatma bera olmadi
80'
Kevin de Bryuyne sariq kartochka oldi
78'
"Arsenal"da o'zgarish: Oksleyd-Chemberlen o'rniga Muhammad el-Nenni tushdi
77'
VUUUUUUH! Navas o'ng qanotdan bergan uzatmani de Bryuyne yaqin masofadan darvoza tomon burdi. To'p ustunga tegib, maydonni tark etdi!
76'
"Manchester Siti"da o'zgarish: Leroy Sane o'rniga Xesus Nvas maydonga tushdi
73'
"Arsenal"da o'zgarish: Koklen o'rniga Olive Jiru tushdi
71'
GOOOL! Rahim Sterling, 2:1! Maydon markazidan diagonal pas bilan o'ng qanotdan oldinga o'tgan Rahimga uzatma berildi. Sterilng jarima maydonchasiga kirdi va chap oyoqda kuchli zarba berdi. Chex yaqin burchakdan to'pni o'tkazib yubordi
70'
Vuuuuh! Kevin de Bryuyne jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo'lladi. Rekoshet orqali borgan to'pni Chex qaytardi
65'
"Arsenal"da o'zgarish: Ivobi o'rniga Aleks Oksleyd-Chemberlen tushirildi
65'
Burchak to'pidan keyin David Silva jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Noaniq
64'
Jaka to'pni maydon tashqarisiga chiqarishga ulgurdi, aks holda de Bryuyne jarima maydonchasi ichida xavf solayotgandi
63'
David Silva yana bir marta Saneni yakkama-yakka vaziyatga chiqarishga urindi. Germaniyalik futbolchi to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi
62'
Sterling 25 metrlardan zarba berdi. To'p ustun yonidan o'tib ketdi
62'
VUUUUUH! De Bryuynening uzatmasidan keyin Sane birga-bir vaziyatga chiqib ketdi. Uning zarbasini Chex qaytardi. Burchak to'pi
58'
Kevin de Bryuyne o'ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Chex to'pni egallab oldi
56'
Gvardiola shogirdlari o'z o'yinlarini kuchaytirib, bosimni oshirib borishmoqda
51'
Yahyo Ture sariq kartochka oldi
47'
GOOOL! Leroy Sane, 1:1! Chex darvoza oldidan to'pni o'yinga kiritdi va maydon markazida mezbonlar to'pni egallab, Saneni darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqarishdi. Leroy imkoniyatdan samarali foydalanib, darvozani ishg'ol qildi
46'
Ikkinchi bo'lim boshlandi
46'
"Siti"da o'zgarish bo'ldi. Sabaleta o'rniga Bakari Sanya tushdi
45+1'
Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha "Manchester Siti" - "Arsenal" - 0:1. Tanaffus
45+1'
Oho! Burchakdan yetkazilgan uzatmagan Ture bosh bilan zarba berdi. Chex to'pni egallab oldi
45'
Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi
44'
"Kanonirlar" chiroyli kombinatsiya tashkil qilishdi, ammo Nacho ofsaydda qoldi
43'
De Bryuyne burchakdan o'yinga kiritgan to'pga Otamendi bosh bilan zarba berdi. Chex to'pni egallab oldi
42'
Vuuuh! Sane o'ng tomonda bir futbolchidan o'tib ketib, jarima maydonchasiga kirdi va darvoza oldiga uzatma berdi. Mehmonlar to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi
39'
"Arsenal" chiroyli kombinatsiya tashkil qildi. Yakuniy zarbani Bellerin jarima maydonchasi tashqarisidan berdi. To'p yuqoridan o'tib ketdi
38'
David Silva sariq kartochka oldi
36'
Vuuuuuh! Monreal mezbonlar jarima maydonchasiga uzatma berdi. Jaka 11 metrli nuqta ustida bosh bilan zarba berdi. To'p ustun yonidan o'tib ketdi
35'
Oho! Sanening uzatmasini de Bryuyne jarima maydonchasi ichida qabul qildiyu, o'tirib qoldi. Himoyachilar to'pni olib qo'yib, xavfni bartaraf etishdi
32'
Vuuh! To'p jarima maydonchasidagi Uolkottga yetkazildi. Teo to'pni yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. To'p yuqoriga ko'tarilib ketdi
31'
Vuuuh! Mezbonlarning hujumi paytida Paulista to'pni tepib yubordi, ammo to'p Belleringa tegib, darvoza tomon ketdi. Chex to'pni egallab oldi
28'
Mezbonlar raqib jarima maydonchasiga yorib kirishga harakat qilishdi. Himoyachi so'nggi pallada to'pni maydon tashqarisiga tepib yubordi
28'
"Siti" ketma-ket ikki marta burchak to'pini o'yinga kiritdi. Xavf bartaraf etildi
25'
Manchesterliklar raqib himoyasini yorib o'ta olishmayapti
23'
De Bryuyne olis masofadan zarba yo'lladi. Noaniq
20'
Gvardiola shogirdlari to'pni nazorat qilishmoqda
16'
"Shaharliklar"ning hujumi. Ish zarbagacha yetib bormadi
15'
Vuuuh! Sanches va O'zil bir-biriga to'pni bir necha marta oshirib, jarima maydonchasiga kirib kelishdi. Aleksis darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. "Siti" himoyachisi bosh bilan to'pni qaytardi
13'
De Bryuyne! Jarima maydonchasi burchagidan darvoza tomon uzatma/zarba berdi. Chex to'pni egallab oldi
11'
Vuuuuh! De Bryuyne jarimadan yetkazgan uzatmaga Ture bosh bilan zarba berdi. To'p ustun yonidan o'tib ketdi
10'
Koselni jarima maydonchasi yaqinida Rahimga nisbatan fol ishlatdi
7'
Sane o'ng qanotdan darvozabon maydonchasiga yaqiniga yerlatib uzatma berdi. Mehmonlar to'pni egallab, xavfni bartaraf etdi
6'
VUUUUUUH! Kevin de Bryuyne jarima maydonchasining chap tomonidan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Sterling yaqin masofadan bosh bilan darvozaning bo'sh qolgan qismiga to'pni joylay olmadi. To'p ustun yonidan o'tib ketdi!
5'
GOOOL! Teo Uolkott, 0:1! Aleksis Sanchesning chiroyli uzatmasidan keyin Uolkott jarima maydonchasiga yorib kirdi va Bravoni dog'da qoldirdi!
4'
Leroy Sane o'ng qanotdan oldinga o'tdi, ammo jarima maydonchasiga kirish chog'ida to'pni Koselniga oldirib qo'ydi
1'
O'yin boshlandi!
'
"Siti" ko'k havorang, "Arsenal" esa sariq rangli formada harakat qiladi
'
Xayrli kech, qadrli futbol muxlislari! Angliya Premer-ligasining 17-turi doirasida "Manchester Siti" o'z maydonida "Arsenal"ni qabul qilmoqda.

• Bosh sahifa
© Championat.In - 2014-2016 Derbi.Uz
waplog