Final, 18 dekabr, soat 15:30. Bosh hakam: Janni Sikazve (Zambiya)

REAL MADRID

Karim Benzema (9)
Krishtianu Ronaldu (60-penalti, 98, 104)

4 : 2

KAShIMA ANTLERS

Gaku Shibasaki (43, 52)
JAMOALAR TARKIBI
Keylor Navas
Marselo
Serxio Ramos (S)
Rafael Varan
Daniel Karvaxal
Kazemiro
Toni Kroos
Luka Modrich
Krishtianu Ronaldu
Lukas Vaskes
Karim Benzema
  Xitosi Sogaxata
Gen Sedzi
Syuto Yamamoto
Daygo Nisi
Naomiti Ueda
Yasusi Endo
Reta Nagaki
Sema Doi
Gaku Sibasaki
Mu Kanadzaki
Mitsuo Ogasavara (S)
ZAHIRA
Kiko Kasilya
Ruben
Pepe
Nacho
Fabiu Koentrau
Danilo
Xames Rodriges
Mateo Kovachich
Marko Asensio
Isko
Mariano Dias
Alvaro Morata
  Masatosi Kusibiki
Sinitiro Kavamata
Xvan Sok Xo
Bueno Vellington
Yukitosi Ito
Fabrisio
Atsutaka Nakamura
Kento Misao
Taro Sugimoto
Taiki Xirato
Syuxei Akasaki
Yuma Sudzuki
MATNLI TRANSLATSIYA
120'
O'yin yakuniga ketdi. Qiziq kechgan o'yinda "Real" g'alaba qozondi va klublar o'rtasida jahon chempionligini qo'lga kiritdi.
116'
VUUUUH! Morata! Alvaro jarima maydonchasiga yorib kirdi va darvoza tomon zarba berdi. Himoyachi jamoasini goldan qutqarib qoldi!
115'
"Real" ijrosidagi burchak to'pi xavfli chiqmadi
112'
"Real"da so'nggi o'zgarish: Krishtianu Ronaldu o'rniga Alvaro Morata tushdi.
109'
"Kashima" burchak to'pini o'yinga kiritidi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi
108'
"Real"da yana o'zgarish: Serxio Ramos o'rniga Nacho tushirildi.
106'
"Real"da o'zgarish: Luka Modrich o'rniga Mateo Kovachich tushdi.
106'
To'rtinchi bo'lim boshlandi
105'
Uchinchi bo'lim yakunlandi. Yana 15 daqiqa...
104'
GOOOOL! Krishtianu Ronaldu, 4:2! "Real" o'yin taqdirini amalda hal qilmoqda!
102'
Daniel Karvaxal sariq kartochka oldi
101'
VUUUUUUH! Yuma Suzuki baland sakradi va "Real" darvozasi tomon bosh bilan zarba berdi. To'p to'singa tegib qaytdi!
100'
Kazemiro sariq kartochka oldi
98'
GOOOL! Krishtianu Ronaldu, 3:2! "Madrid"ning chiroyli hujumini portugaliyalik futbolchi aniq zarba bilan golga aylantirdi!
95'
Fabrisio Messias jarima maydonchasi chizig'i ustidan zarba berdi. Navas zarbani qaytardi.
93'
Fabrisio Messias sariq kartochka oldi
91'
Uchinchi bo'limga start berildi.
90+3'
O'yinning asosiy vaqti yakuniga yetdi — 2:2. G'olib nomi aniqlanmadi. Endi navbat qo'shimcha bo'limlarga beriladi.
90'
Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi
90'
"Kashima" o'yinga kiritgan burchak to'pini madridliklar qaytarishdi
89'
Mu Kanazaki darvoza markazi bo'ylab zarba berdi. To'p Navasdan maydonni tark etdi.
88'
Vuuuh! Fabrisio Messias olis masofadan xavfli zarba yo'lladi. To'sin ostiga borayotgan to'pni Keylor Navas to'sin ustidan oshirib yubordi.
86'
Benzema bosh bilan zarba berdi. To'p darvoza ustidan o'tib ketdi
83'
Madrid burchak to'pini o'yinga kiritdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi
82'
Ajoyib seyv! Krishtianu Ronaldu jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qildi va darvoza markazi bo'ylab zarba berdi. Darvozabon jamoasini goldan qutqayrdi!
81'
"Real"da o'zgarish: Lukas Vaskes o'rniga Isko maydonga tushdi.
80'
Vuuuuh! Ronaldu! Krishtianu jarima maydonchasi ichida bosh bilan zarba berdi. To'p ustun yonidan o'tib ketdi
73'
Ronaldu darvozani ishg'ol qildi, ammo ofsayd tufayli gol inobatga olinmadi.
73'
Vuuuuh! Ajoyib seyv! Karim Benzema yo'llagan zarba natijasida to'p darvoza burchagiga yo'l olayotgandi. "Kashima" darvozaboni zarbani qaytardi.
72'
Yasushi Endo uzoq masofadan aniq zarba berdi. Keylor Navas xavfni bartaraf etdi.
69'
"Real" darvozaboni Navas jarima maydonchasini tark etdi va to'pni tepib yuborishga ulgurdi, ammo Ramos bilan urilib ketdi. Serxio jarohat oldi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
67'
"Kashima"da o'zgarish: Ogasavara o'rniga Fabrisio Messias tushdi
64'
Madridliklar burchak to'pini o'yinga kiritishdi. Yaponlar to'pni qaytarishdi
61'
"Real" burchak to'pini o'yinga kiritdi. Ramos to'pni qabul qildi, ammo muvaffaqiyatli zarba bera olmadi. To'p darvoza ustidan o'tib ketdi
60'
GOOOL! Krishtianu Ronaldu, 2:2! Portugaliyalik futbolchi penaltidan hisobni tenglashtirdi
59'
Yamamoto sariq kartochka bilan jazolandi
59'
"Kashima" darvozasi tomon penalti! Shuto Yamamoto o'z jarima maydonchasi ichida fol ishlatdi
55'
Serxio Ramos (Real) sariq kartochka oldi
54'
"Real" ketma-ket ikki marta burchak to'pini o'yinga kiritdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi
52'
GOOOOL! "Kashima Antlers" hisobda oldinga chiqib oldi. Yana o'sha Shibasaki Keylor Navasni dog'da qoldirdi
50'
Yaponlar hujum tashkil qilishdi va burchak to'pi ishlashdi. Burchakdan yetkazilgan uzatmani madridliklar qaytarishdi
49'
Navbatdagi burchakdan yetkazilgan uzatmaga Serxio Ramos bosh bilan zarba berdi. To'p darvoza ustidan o'tib ketdi
47'
"Real" burchak to'pini o'yinga kiritdi. Sogaxata to'pni egallab oldi
46'
Ikkinchi bo'lim boshlandi. Davom etamiz
45'
Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob — 1:1.
43'
GOOOL! Gaku Shibasaki, 1:1! Yaponiyalik futbolchi jarima maydonchasi tashqarisidan yerlatib zarba berdi va Navasni dog'da qoldirdi
38'
Modrich jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To'p darvozabonning qo'liga borib tushdi
32'
Ronaldu jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Noaniq
29'
Rafael Varan 11 metrli nuqta ustidan bosh bilan zarba berdi. To'p ustun yonidan o'tib ketdi
27'
Vuuuuuuh! Karim Benzema yo'llagan to'p darvoza burchagiga kirayotgandi, ammo raqib darvozaboni zarbani qaytardi!
24'
Kazemironing jarima maydonchasi tashqarisidan bergan zarbasidan keyin to'p himoyachidan maydonni tark etdi. Burchak to'pi
18'
Toni Kroos burchak to'pini o'yinga kiritdi. Himoyachi bosh bilan to'pni qaytardi
14'
Lukas Vaskes jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Noaniq
13'
"Kashima" futbolchilari asta-sekin oldinga o'tishmoqda
9'
GOOOL! KArim Benzema, 1:0! Mezbonlar jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatma himoyachilarning oyog'ida Benzemaga keldi va frantsiyalik futbolchi yaqini masofadan darvozani ishg'ol qildi.
4'
Ilk daqiqalardan "Real" oldinga tashlanmoqda. Yaponlar bugun qarshi hujumda o'ynash niyatida ekanini yashrishimayapti
0'
Klublar o'rtasida jahon chempionati. "Real Madrid" va "Kashima Antlers" jamoalari o'rtasidagi o'yin boshlandi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!

• Bosh sahifa
© Championat.In - 2014-2016 Derbi.Uz
waplog