10 dekabr, soat 17:00

OSASUNA

0 : 3

BARSELONA

Luis Suares (59)
Lionel Messi (72, 90+2)
JAMOALAR TARKIBI
13.Naze Perez (D)
06.Oyer
21.Karlos Klerk
33.Ivan Markes
04.Migel Flano
10.Roberto Torres
08.Goran Chausich
11.Aleks Berenge
20.Migel de las Kuevas
09.Oriol Riera
07.Serxio Leon
  01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
18.Xordi Alba
23.Samuel Umtiti
03.Jerar Pike
05.Serxio Buskets
20.Serji Roberto
21.Andre Gomes
07.Arda Turon
08.Andres Inesta
09.Luis Suares
10.Lionel Messi
ZAHIRA
01.Mario Fernandes (D)
15.Unay Garsiya
16.Xuan Fuentes
03.Tano Bonnin
05.David Garsiya
19.Kenan Kodro
12.Emmanuel River
  13.Yasper Sillessen (D)
19.Lukas Din
04.Ivan Rakitich
06.Denis Suares
12.Rafinya
14.Xaver Maskerano
17.Frantsisko Alkaser
MATNLI TRANSLATSIYA
90+3'
O'yin tugadi. "Barselona" safarda yirik hisobda g'alaba qozondi!
90+2'
GOOOOL! Lionel Messi, 0:3! Argentinalik futbolchi 3 futbolchini aldab jarima maydonchasiga kirdi va darvozani ishg'ol qildi!
90'
Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi
90'
Vuuuuuuh! Messi jarima maydonchasiga kirib keldi va zarba berdi. Himoyachi zarbani qaytardi
87'
Alba uchinchi golga ham assistentlik qilishi mumkin edi. Uning uzatmasini darvozabon egallab oldi
82'
Oho! Berenge chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabonning ustida to'pni oshirishga harakat qildi. Ter Shtegen bir amallab to'pni yuqori ko'tarib yubordi
80'
Qarshi hujumda Messi oldinga o'tayotgan Suaresga sekin uzatma berdi. Natijada to'pni himoyachi egallab oldi
79'
Maydon egalari yaxshi imkoniyatdan foydalana olishmadi
77'
Serxio Leon jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Ter Shtegen to'pni egalladi
72'
GOOL! Lionel Messi, 0:2! Albaning chap qanotdan bergan uzatmasini Messi darvozabon maydonchasi chizig'i ustidan darvozaga joylab qo'ydi
68'
Vuuuh! Messi jarima maydonchasi tashqarisidan chap oyoqda zarba berdi. Darvozabon to'pni qaytardi!
65'
"Barsa"da o'zgarish: Arda Turon o'rniga Denis Suares tushdi
63'
Serji Roberto o'ng qanotdan uzatma berdi, Suares qaychi uslubda zarba berishga urindi. Ammo raqib zarba berib yuborgani uchun fol qayd etildi
59'
GOOOL! Luis Suares, 0:1! Nihoyat kataloniyaliklar hisobni ochishdi. Messi jarima maydonchasi ostonasidan uzatma berib, chap qanotdan ichkariga kirayotgan Albaga uzatma berdi. Xordi narigi tomonda bo'sh darvoza qarshisida turgan Suaresni to'p bilan ta'minladi va Luis darvozani ishg'ol qildi
57'
"Barselona" to'pni nazorat qilish bo'yicha to'liq ustunlikka erishmoqda, ammo hozircha xavfli vaziyat yo'q
52'
Ivan Markes sariq kartochka oldi. O'zidan o'tib ketayotgan Messini tortib qoldi
49'
VUUUUUUUH! Osasuna futbolchisi Serxio Leon maydon markazidan boshlab oldinga o'tdi va ter Shtegenning ustidan oshirib zarba berdi. To'p to'singa tegib qaytdi!!!
46'
Ikkinchi bo'lim boshlandi.
'
Birinchi bo'lim davomida "Barselona" futbolchilari juda ko'plab imkoniyatlardan foydalana olishmadi.
45+1'
Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob ochilmadi
43'
Vuuuh! Chap qanotdan Alba yetkazgan uzatmaga Messiga zarba berdi. Zarba unchalik qovushmadi, to'p olis ustun yonidan o'tib ketdi
41'
Suares jarima maydonchasiga kirayotgan Turonga uzatma berdi. Himoyachilar to'pni egallab olishdi
37'
Vuuuuuh! Messi jarima to'pini o'yinga kiritdi. Himoyachilar qaytargan to'pni Inesta egallab, jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To'p darvozabonnnig ustidan oshib o'tdiyu, ammo ustun yonidan o'tib ketdi
30'
Vuuuuuh! "Osasuna futbolchilari ajoyib imkoniyatdan foydalana olishmadi! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Kuevas jarima maydonchasi ichida qabul qildi va olis ustun tomon uzatma berdi. Oriol Riera to'pga biroz yeta olmadi. Aks holda bo'sh darvozaga to'pni joylagan bo'lardi!
29'
Messi-Roberto-Turon uzatmasidan keyin Arda 11 metrli nuqta ustidan zarba berdi. To'pni himoyachi qaytardi
27'
Osasuna futbolchisi Oyer sariq kartochka oldi
25'
VUUUUUUH! Qarshi hujumda Messi o'ng qanotdan oldinga o'tgan Suaresga uzatma berdi va Luis to'pni qayta Leoga yetkazdi. Messi yakkama-yakka vaziyatda parashyut uslubida zarba berdi. To'p to'sin ustidan o'tib ketdi
24'
Burchakdan to'pni Messi o'yinga kiritdi. Suaresning zarbasidan keyin to'p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi. Takroriy burchak to'pini Inesta egalladi va jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Noaniq
22'
Luis Suares ofsaydda qoldi
21'
Suares chap qanotdan uzatma berib, jarima maydonchasiga kirayotgan Messini to'p bilan ta'minlashga harakat qildi. Ammo markaziy himoyachi to'pni qaytarib qoldi
17'
Mehmonlarda yana bir yaxshi imkoniyat. Chap qanotdan havolatib yetkkazilgan uzatmani Messi bosh bilan darvozabon maydonchasiga tashlab berdi. Suares to'pga yeta olmadi. Peres to'pni egalladi
15'
VUUUUUUUH! Gomes-Suares-Messi uzatmasidan keyin Lionel yakkama-yakka vaziyatga chiqdi, ammo uning zarbasini "Osasuna" darvozaboni oyog'i bilan qaytardi!
14'
Vuuuuh! Jarimadan yetkazilgan uzatmaga Umtiti darvozabon maydonchasi chizig'i ustidan bosh bilan zarba berdi. To'p yuqoriga ko'tarilib ketdi
13'
VUUUUUUH! Albaning uzatmasidan keyin Suares shundoqqina darvozabon maydonchasi oldida to'pni darvozaga teskari turgan holda egalladi va aylanib zarba berdi. To'p ustun tegib qaytdi!
12'
Maydon markazida belgilangan jarima to'pini mezbonlar jarima maydonchasiga yetkazib berishdi. Ter Shtegen to'pni egallab oldi
8'
VUUUUH! Gomesdan uzatma qabul qilgan Messi to'pni darhol raqib jarima maydonchasigna aylanma tarzda yetkazdi. Natijada Luis Suares birga bir vaziyatga chiqdi va to'pni darvozabonning yonidan o'tkazdi. To'p olis ustun yonidan o'tib ketdi
5'
Kataloniyaliklar to'pni nazorat qilishmoqda
2'
Osasuna burchak to'pini o'yinga kiritdi. Bosh bilan berilgan zarba Ter Shtegen egallab oldi
1'
Diqqat! O'yin boshlanib ketdi!
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Ispaniya La ligasining 15-turi doirasida "Osasuna" o'z maydonida "Barselona"ni qabul qilmoqda. O'yin boshlanishiga oz vaqt qoldi

• Bosh sahifa
© Championat.In - 2014-2016 Derbi.Uz
waplog