14-tur, 4 dekabr, soat 21:00

EVERTON

Beyns (89-pen.)

1 : 1

MANChESTER YuNAYTED

Zlatan Ibrahimovich (42)
JAMOALAR TARKIBI
22.Marten Stekelenburg (D)
05.Eshli Uilyams
17.Idrissa Guye
25.Ramiro Funes Mori
03.Leyton Beyns
23.Sheymus Koulman
14.Yannik Bolasi
18.Garet Berri
15.Tom Kleverli
11.Kevin Miralyas
10.Romelu Lukaku
  01.David de Xea (D)
36.Matteo Darmian
05.Markos Roxo
04.Fil Djons
06.Pol Pogba
16.Maykl Kerrik
25.Antonio Valensiya
22.Genrix Mxitaryan
21.Ander Errera
09.Zlatan Ibrahimovich
11.Antoni Marsial
ZAHIRA
01.Joel Robles (D)
06.Fil Djagelka
30.Meyson Xoggeyt
08.Ross Barkli
16.Jeyms MakKarti
19.Enner Valensiya
07.Jerar Delofeu
  20.Serxio Romero (D)
17.Deyli Blind
03.Erik Bayi
08.Xuan Mata
27.Maruan Fellayni
14.Jessi Lingard
19.Markus Reshford
MATNLI TRANSLATSIYA
90+5'
O'yin tugadi. "MYu" yana ochko yo'qotdi. Mourinodan omad yuz o'girmoqda
90+5'
O'ng qanotdan berilgan uzatmani De Xea egallab oldi
90+2'
"MYu"ning xavfli hujumi. Himoyachi xavfni bartaraf etdi
90+1'
"Everton" futbolchisi jarima maydonchasi burchagidan kuchli zarba berdi. De Xea to'pni qaytardi
90'
Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shildi
89'
GOOL! Erik Beyns, 1:1! De Xea zarba yo'nalishini topdi, ammo to'pni qaytara olmadi
88'
De Xea sariq kartochka oldi
87'
PENALTI! "MYu" darvozasiga! Fellayni xatoga yo'l qo'ydi
85'
"MYu"da o'zgarish: Mxitaryan o'rniga Fellayni tushdi
85'
O'ng qanotdan Ibraga nisbatan fol ishlatildi
82'
"MYu"da o'zgarish: Marsial o'rniga Reshford tushdi
81'
Vuuuh! O'ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Antonio Valensiya darvozabon maydonchasi chizig'i ustidan bosh bilan zarba berdi. De Xea to'pni egallab oldi
77'
Mezbonlar o'ng tomondan jarima to'pini o'yinga kiritishdi. Bosh bilan berilgan zarba natijasida to'p "to'qqizlik"ka kirayotgandi. "MYu" posboni seya namoyish qildi
75'
Vuuuh! Idriss Guye jarima maydonchasi tashqarisidan xavfli zarba berdi. De Xea qiyinchilik bilan to'pni qaytardi
72'
Kuman jamoasi bosimni oshirib borayotgandek
67'
"Everton"da ikkita o'zgarish bo'ldi
66'
Marsial chap tomondan yuqorilatib uzatma berdi. Pogba bosh bilan zarba berdi. Noaniq
60'
VUUUUH! "MYu" bir daqiqada ikkita xavfli hujum tashkil qildi. Dastlab Pogbani uzatmani qabul qilgan Mxitaryan o'ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi hamda bir himoyachini aldab o'tib, chap oyoqda zarba berdi. Himoyachi to'pni qaytardi. Takroriy hujum ham o'ng qanotdan tashkil qilindi. Errera jarima maydonchasi ichida to'pni ko'kragi bilan qabul qildi va zarba berdi. To'p ustunga tegib qaytdi!
57'
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Everton himoyachisi qaytardi. Marsial jarima maydonchasi tashqarisida to'pni egalladi va zarba berdi. To'p yuqoridan o'tib ketdi
56'
"MYu" jarima maydonchasi burchagiga yaqin joydan jarima to'pni o'yinga kiritdi. Mezbonlar uzatmani maydon markaziga qaytarishdi
53'
Burchakdan yetkazilgan uzatma xavfli chiqmadi
53'
VUUUUUH! Miralyas Lukaku bilan "devor" o'ynab jarima maydonchasiga kirib bordi va yaqin masofadan kuchli zarba berdi. To'p De Xeaning oyog'idan yuqoriga ko'tarilib ketdi!
48'
Darmian chap qanotdan to'pni "Everton" jarima maydonchasiga yetkazdi. Markaziy himoyachi bosh bilan to'pni qaytardi
46'
Ikkinchi bo'lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus. Hozircha "MYu" Ibrahimovichning goli evaziga oldinda bormoqda
45'
Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi
44'
Marsial jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Stekelenburg to'pni egallab oldi
42'
GOOOL! Zlatan Ibrahimovich, 0:1! Qiziq gol bo'ldi! Olis masofadan yetkazilgan uzatma natijasida hujumchi birga bir vaziyatga chiqdi va oldinga yugurib chiqqan darvozabonning ustidan to'pni oshirdi. To'p yerga urilib, to'singa tegdi, yerga tushib ustunga tegdi, yerga tushib, keyin chiziqni kesib o'tdi. Himoyachi to'pni tepib yubordi, ammo gol bo'lgani qayd etildi!
41'
Errera o'ng qanotdan mezbonlar jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi
37'
Markaz bo'ylab jarima maydonchasiga yugurayotgan Mxitaryanga Pogba uzatma berdi. Himoyachi "podkat" orqali qaytarishga muvaffaq bo'ldi
36'
"Everton" raqibiga nisbatan ishonchliroq o'ynamoqda, ham hujumda, ham himoyada
29'
Ibrahimovich jarima zarbasini to'ppa-to'g'ri jonli devorga tepdi
29'
"MYu" jarima maydonchasi yarim aylanasi oldidan jarima zarbasi tepadi
26'
Vuuuuh! Bolasi o'ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va olis burchak tomon zarba berdi. To'p ustun yonidan o'tib ketdi. Miralyas ham to'pga tashlanishga ulgurmadi
25'
O'yin tempi yuqori emas, hozircha xavfli vaziyatlar yuzaga kelmayapti
18'
Jarima zarbasi taxlikali bo'ldi. "Everton" futbolchisi jarima maydonchasi ichida bergan zarbasi muvaffaqiyatli chiqmadi
17'
Markos Roxo sariq kartochka oldi. U raqibga ikki oyog'ini tik qilib raqibga tashlandi
13'
Mourino shogirdlari to'pni nazorat qilishmoqda. Hozircha xavfli vaziyatlar yo'q
8'
Pogba jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Noaniq
5'
To'p oldinga chiziqqa yetkazildi. Jarima maydonchasi oldida turgan Ibrahimovich to'pni egallay olmadi
2'
Vuuh! Mezbonlar o'ng qanotdan "MYu" darvozabon maydonchasiga uzatma berishdi. Himoyachi to'pni tepib yuborishga ulgurdi, aks holda Miralsya darvozani ishg'ol qilishi mumkin edi
1'
O'yin boshlandi!
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! "Everton" - "MYu" o'yini boshlanish arafasida. O'yin oldidan 1 daqiqa sukut saqlandi

• Bosh sahifa
© Championat.In - 2014-2016 Derbi.Uz
waplog