14-tur, 03.12.2016, soat 17:30

MANChESTER SITI

Kexill (45, avtogol)

1 : 3

ChELSI

Diego Kosta (60)
Villian (70)
Eden Azar (90)
JAMOALAR TARKIBI
01.Klaudio Bravo
24.Jon Stounz
11.Aleksandr Kolarov
30.Nikolas Otamendi
17.Kevin de Bryuyne
21.David Silva
19.Leroy Sane
15.Xesus Navas
25.Fernandino
08.Ilkay Gyundogan
10.Serxio Aguero
  13.Tibo Kurtua
03.Markos Alonso
24.Geri Kexill
30.David Luis
28.Sesar Aspilikueta
07.N’Golo Kante
04.Sesk Fabregas
15.Viktor Mozes
10.Eden Azar
11.Pedro Rodriges
19.Diego Kosta
ZAHIRA
13.Vilfredo Kabalero (D)
05.Pablo Sabaleta
22.Gael Klishi
03.Bakari Sanya
06.Fernando
42.Yahyo Ture
72.Kelechi Ixeanacho
  01.Asmir Begovich (D)
34.Ola Eyna
29.Nataniel Shaloba
02.Branislav Ivanovich
08.Oskar
22.Villian
23.Michi Batshuayi
MATNLI TRANSLATSIYA
90+9'
O'yin tugadi. Konte jamoasi o'ta qiziqarli kechgan o'yinda "Manchester Siti"ni dog'da qoldirdi
90+7'
Serxio Aguero va Fernandino qizil kartochka oldi!
90+6'
Maydonda janjal to'polon boshlanib ketdi. Hammasi Agueroning qo'pol o'yinidan keyin boshlandi
90+3'
"Chelsi"da o'zgarish bo'ldi.
90'
Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shildi
90'
GOOOL! Eden Azar, 1:3! "Chelsi" yana qarshi hujumda "Siti"ni jazoladi! Fabregasning himoyadan bergan uzatmasidan keyin Azar birgia bir vaziyatga chiqib ketdi va darvozani ishg'ol qildi!
88'
Vuuuh! Ixeanacho olis masofadan noaniq zarba berdi
88'
David Silva burchak to'pini o'yinga kiritdi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi
85'
"Chelsi"da o'zgarish bo'ldi. Diego Kosta o'rniga Nataniel Shaloba tushdi
84'
Yahyo Ture burchak to'pi ishladi
82'
"Chelsi" ijrosidagi jarima to'pi xavfli bo'ldi. Bravo to'pni egallab oldi
81'
Xesus Navas sariq kartochka oldi
80'
Burchakdan yetkazilganu uzatmaga Otamendi bosh bilan zarba berdi. Noaniq
78'
"Siti"da o'zgarish: Stounz o'rniga Ixenacho tushdi
77'
Navas o'ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi qaytargan to'pni Xesusning o'zi egalladi va Alonsoni aldab o'tayotganida yiqildi. HAkam ishonmadi
76'
"Siti"da o'zgarish: Gyundogan o'rniga Yahyo Ture tushdi
72'
Vuuuh! David Silva jarima maydonchasi ichida himoyachidan chiroyli tarzda o'tib ketdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi
70'
GOOOL! Villian, 1:2! Gyundogan ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi va qarshi hujumga o'tgan "Chelsi" darvozani ishg'ol qildli. Diego Kosta maydon markazida to'pni egallab, darhol Villianga yetkazdi. Braziliyalik futbolchi yakkama-yakka vaziyatda Bravoni dog'da qoldirdi!
69'
"Siti"da o'zgarish: Leroy Sane o'rniga Gael Klishi tushdi
68'
De Bryuyne o'ng qanotdan uzatma berdi. To'pni Kurtua egallab oldi
67'
Vuuuh! Navas o'ng qanotdan uzatma berdi. Kexill to'pni qaytarmaganida Aguero bo'sh darvozani ishg'ol qilardi
64'
Villian o'ng qanotdan uzatma berdi. Bravo to'pni egallab oldi
62'
Vuuuuh! Serxio Aguero! Kantening xatomasidan keyin De Bryuyne to'pni hujumchiga yetkazdi. Argentinalik futbolchi birga bir vaziyatda zarba berishni kechiktirdi. Zarbani esa Kurtua qaytardi
60'
GOOOL! Diego Kosta, 1:1! Olis masofadan yetkazilgan to'pni hujumchi raqib jarima maydonchasi ichida qabul qildi, Otamendini aldadi va kuchli zarba bilan darvozani ishg'ol qildi!
59'
Vuuuuh! Londonliklar yaxshi imkoniyatdan foydalana olishmadi. Azar katta tezlikda raqib jarima maydonchasiga kirib bordi va sherigiga uzatma berdi. Ammo sherigi to'pni o'z vaqtida unga qaytara olmadi
57'
VUUUUUH! EHHHHHH! "Siti" ajoyib va tezkor hujum tashkil qildi. Agueroning uzatma qabul qilgan Navas narigi ustug tomon to'pni yetkazdi. De Bryuyne 4 metrdan bo'sh darvozaga zarba berdi. To'p to'singa tegib, yuqoriga ko'tarilib ketdi...
53'
VUUUUUUH! Londonliklar himoyachilarining qo'pol xatosidan keyin Aguero yana bir marta qulay imkoniyatdan foydalana olmadi! David Luis to'pni orqaga yetkazdi. Kexill esa to'gp tegmadi va Kurtua tepib yuborishini istadi. Bu orada Aguero paydo bo'ldi va to'pni olib qo'yib, bo'sh darvozaga zarba berdi. Kexill zarbani qaytardi
52'
Villian olis masofadan yerlatib zarba berdi. Noaniq
50'
"Chelsi"da o'zgarish: Pedro o'rniga Villian tushdi
48'
Vuuuuuh! Maydon egalari qarshi hujumda "Chelsi"ni jazolashi mumkin edi! Sane katta tezlikda oldinga o'tdi va o'ng qanotdan jarima maydonchasiga kirgan De Bryuynega uzatma berdi. Kevin o'tkir burchak ostida yakkama-yakka vaziyatda bergan zarbani Kurtua oyog'i bilan qaytardi! To'pni biroz yerdan ko'tarish kerak edi...
48'
Mezbonlar ijrosidagi burchak to'pi samarasiz chiqdi
47'
Navas o'ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. David Luis to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
46'
To'p o'yinga kiritilgan zahoti oldinga chiziqqa yetkazildi. Pedro to'pga yeta olmadi. Bravo to'pni egalladi
46'
Jamoalar maydonga qaytishdi. Ikkinchi bo'lim boshlandi
45+2'
Birinchi bo'lim yakunlandi. O'yin so'ngida kiritilgan to'p evaziga "Manchester Siti" tanaffusga g'olib sifatida yo'l olmoqda
45'
Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi
45'
GOOL! Garri Kexill, avtogol, 1:0! Navas o'ng qanotdan uzatma berdi va to'p himoyachining oyog'iga tegib, olis burchakka borib tushdi
44'
Vuuh! Hakam "Chelsi" darvozasi tomon penalti bermadi! Himoyachilar jarima maydonchasi ichida David Silvani chalib yiqitishdi
43'
VUUUUH! Kevin de Bryuyne o'ng qanotdan uzatma benrdi. Aguero darvozabon maydoncha ichidan bosh bilan zarba berdi. Noaniq!
38'
Burchak to'pini Konte shogirdlari bartaraf etishdi
38'
Aguero chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va burchak to'pi ishladi
37'
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Pedro bosh bilan zarba berdi. Noaniq
34'
VUUUUUUH! Aguero 100 foizli imkoniyatdan foydalana olmadi!!! Silva Messi uslubida chap qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Sanega uzatma berdi. Leroy to'pni darhol darvozabon maydonchasi oldida turgan Agueroga yetkazdi. Serxioning 7 metrdan bergan zarbasini "Chelsi" markaziy himoyachisi qaytardi!
31'
Viktor Mozes o'ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va uzatma berdi. Pas noaniq chiqdi
29'
Hakam hozir bahsli qarorga keldi. Aspilikueta jarima maydonchasi yon tomonida bosh bilan darvozabonga uzatma berdi. Aguero to'pga yugurdi, David Luis esa yelkasi bilan o'zidan o'tib ketmoqchi bo'lgan Serxioni turib yiqitdi. Hakam o'yinni to'xtatib o'tirmadi
28'
"Siti" jarima maydonchasi ichida taxlikali vaziyat yuzaga keldi. To'pni qabul qilgan mehmonlar zarba berishiga himoyachilar yo'l qo'yishmadi
27'
Aspilikuetaning uzatmasidan keyin Aguero jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qildi va Kurtuaning ustidan to'pni oshirib qo'yishga harakat qildi. Ammo to'p himoyachining oyog'idan maydonni tark etdi
26'
Ehhhh, Azaaar! Olis masofadan yetkazilgan uzatma natijasida Eden darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib, Bravoni aldab o'tdi. Ammo u, negadir, o'tkir burchak ostida bo'sh qolgan darvozaga zarba berish o'rniga 11 metrli nuqta ustiga uzatma berishga qaror qildi. Mezbonlar xavfni bartaraf etishdi
25'
"Manchester Siti" darvozani ishg'ol qildi, ammo gol inobatga olinmadi. Kevin de Bryuyne o'ng qanotda belgilangan jarima to'pini o'yinga kiritdi. Fernandino bosh bilan darvozani ishg'ol qildi. Ammo yarim himoyachi to'p o'yinga kiritilayotganida ofsaydda qolgan ekan
20'
Vuuuh! Aguero jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Kurtua to'pni yuqoriga ko'tarib yubordi
17'
Nikolas Otamendi sariq kartochka oldi. Maydon markazida to'p uchun kurashda Diego Kostaga nisbatan xavfli o'ynadi
14'
Vuuuuh! Eden Azar jarima maydonchasi tashqarisidan yerlatib zarba berdi. To'p ustun yonidan o'tib ketdi
12'
Alonso chap qanotdan oldinga o'tdi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi
8'
Vuh! Stounz o'z jarima maydonchasi ichida to'pni tepib yubormadi va Diego Kostaga oldirib qo'ydi. Manchesteriklar ko'pchilik bo'lgani uchun xavfni bartaraf etishdi
7'
Vuuuuh! David Silva mehmonlar jarima maydonchasi ichida Kexillni aldab o'tayotganida, to'p himoyachining yerga tegib turgan tayanch qo'liga tegib, maydonni tark etdi. Hakam bu yerda penalti yo'q deya qayd etdi
6'
David Silva chap qanotdan oldinga chiziqqa uzatma bera olganida, Aguero yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketgan bo'lardi
4'
Azar raqib jarima maydonchasi ostonasida Diego Kosta bilan "devor" o'ynab oldi va zarba berdi. To'p himoyachidan o'tmadi
3'
"Shaharliklar"ning hujumi. O'ng qanotdane yerlatib jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Kurtua egallab oldi
2'
Eden Azar o'yin boshidanoq oyog'idan lat yedi. Maydon markazida unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda
1'
O'YIN BOShLANDI!
'
Avvalroq saytimiz orqali ma'lum qilganimizdek, o'yindan oldin bir daqiqalik sukut saqlanadi. "Shapekoense" klubi futbolchilari xotirasi uchun
'
"Siti" bugun havorang, "Chelsi" esa ko'k rangli formada o'ynaydi. Jamoalar maydonda saf tortishdi
'
Hozirda bu jamoalar jadvalning yuqori qsimida borishmoqda. "Chelsi" raqibini 1 ochkoga ortda qoldirmoqda. Demak, Gvardiola shogirdlari peshqadam bo'lib olish uchun yaxshi imkoniyatga egalar
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Angliya Premer-ligasida 14-tur o'yinlari boshlanmoqda. Turni "Machnester Siti" va "Chelsi" jamoalari o'rtasidagi o'yin ochib beradi

• Bosh sahifa
© Championat.In - 2014-2016 Derbi.Uz
waplog