13-tur, 27 noyabr, 21:30

MANChESTER YuNAYTED

Zlatan Ibrahimovich (21)

1 : 1

VEST HEM

Dyafra Sako (2)
JAMOALAR TARKIBI
01. David de Xea (D)
05. Markos Roxo
04. Fil Jons
36. Matteo Darmian
21. Ander Errera
08. Xuan Mata
25. Antonio Valensiya
14. Djessi Lingard
06. Pol Pogba
19. Markus Reshford
09. Zlatan Ibrohimovich
  01. Darren Rendolf (D)
19. Jeyms Kollinz
08. Sheyxu Kuyyate
21. Andjelo Ogbonna
03. Aaron Kressvell
16. Mark Noubl
30. Maykl Antonio
14. Pedro Obyang
27. Dimitri Paye
10. Manuel Lansini
15. Dyafra Sako
ZAHIRA
20. Serxio Romero (D)
17. Deyli Blind
22. Genrix Mxitaryan
27. Maruan Fellayni
31. Bastian Shvaynshtayger
18. Eshli Yang
10. Ueyn Runi
  13. Adrian (D)
20. Andre Ayyu
04. Xovard Nordtveyt
07. Sufyon Feguli
31. Edimilson Fernandes
24. Eshli Fletcher
11. Simone Dzadza
MATNLI TRANSLATSIYA
90+5'
O'yin yakunlandi. "Manchester Yunayted" - "Vest Xem" - 1:1. Mourino jamoasi yana ochko yo'qotmoqda
90+4'
"Vest Xem"da o'zgarish: Payet o'rniga Sufyon Feguli tushdi
90+3'
Ayyu jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Noaniq
90+2'
Vuuuh! O'ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Runi jarima maydonchasi ichida qabul qildi va bir himoyachidan o'tib, darvozabon maydonchasiga to'pni yetkazishga urindi. To'pni mehmonlar egallab, xavfni bartaraf etishdi
90+1'
Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi
90+1'
Valensiya sariq kartochka oldi. To'pni qo'li bilan o'ynagani uchun
90'
"MYu" burchak to'pini o'yinga kiritdi. To'p qaytarildi
90'
Kressvell sariq kartochka oldi
87'
VUUUUUH! "Vest Xem" gol urishga juda va juda yaqin keldi. Antonio ikki futbolchi orasidan o'tib "MYu" jarima maydonchasiga kirdi va Fletcherga uzatma berdi. Eshli ikki-uch futbolchi orasidan o'tdi va darvozabon maydonchasidan zarba berdi. De Xea ko'kragi bilan zarbani qaytardi!!!
87'
Valensiya o'ng qanotdan uzatma berdi. Pogba qaychi uslubida zarba berishga urindi. Ammo to'p uning oyog'iga tegmay qoldi
85'
"MYu"da so'nggi o'zgarish: Lingard o'rniga Fellayni tushdi
82'
Vuuuuh! "Vest Xem" himoyachisi to'pni bosh bilan o'z darvozaboniga yetkazishga urindi, ammo Zlatan to'pni egallab oldi, darvozabonni aldab o'tdi, so'nggi pallada Kuyate to'pni tepib yuborib, xavfni bartaraf etdi
80'
"MYu"ning qarshi hujumi xavfli bo'ldi. Olis ustun tomon yetkazilgan uzatmani Ibrahimovich darvoza oldiga yetkazdi. Darvozabon oyog'i bilan to'pni qaytarib qoldi
79'
Burchak to'pi o'yinga kiritildi va to'p jarima maydonchasiga yetkazildi. Zlatan bosh bilan aniq zarba bera olmadi
78'
Vuuuuh! Pogba jarima maydonchasi tashqarisidan darvoza burchagi tomon aniq zarba berdi. Rendolf to'pni maydon tashqarisiga burib yubordi
77'
Ehhhhh! O'ng qanotdan Valensiya yetkazgan uzatma natijasida to'p himoyachining oyog'iga tegib, Mxitaryanga kelib tushdi. Genrix 6-7 metrlardan zarba berdi va to'p ustunga tegib, narigi ustun tomon ketdi. Lingard darvozani ishg'ol qildi. Ammo Jessi ofsaydda qolgan ekan
74'
"Vest Xem"da o'zgarish: Lansini o'rniga Andre Ayyu tushdi
72'
Burchak to'pi samara bermadi
71'
"MYu"ning navbatdagi hujumi va burchak to'pi ishlandi
68'
Vuuuh! Lingarddan uzatma qabul qilgan Ibrahimovich to'pni bir urinishdi Runiga yetkazdi. Ueyn 15 metrlardan olis burchak tomon zarba berdi. Rendolf to'pni egallab oldi
65'
"MYu"da ikkita o'zgarish: Reshford o'rniga Runi, Mata o'rniga Mxitaryan tushdi
56'
Burchak to'pi "MYu" darvozasi oldida taxlikasi vaziyatni yuzaga keltirdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi
55'
Vuh! O'ng tomonda belgilangan jarima to'pini Payet to'g'ri darvoza tomon aylantirdi. De Xea to'pni yuqoriga ko'tarib yubordi
53'
Vuuuh! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Sako bosh bilan zarba berdi. To'p to'sin ustidan oshib o'tib, yuqoridan to'rga tushdi
53'
Antonio o'ng qanotdan mezbonlar jarima maydonchasiga uzatma berdi. To'p Roxoning oyog'idan maydonni tark etdi
49'
Reshford chap qanotdan bir himoyachini aldamoqchi bo'ldi, ammo to'p maydonni tark etdi
46'
Ikkinchi bo'lim boshlandi
45+2'
Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha "MYu" - "Vest Xem" - 1:1. Tanaffus.
45+2'
Vuuuuh! Lingard jarima maydonchasiga kirdi va bir himoyachi ta'qibi ostida zarba berdi. To'p Rendolfning qo'lidan maydonni tark etdi
45'
Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi
45'
Vuuuuh! Qarshi hujumda Pogbaning uzatmasidan keyin Ibrahimovich 14 metrlardan zarba berdi. Agbonna to'p yo'liga o'zini tashladi va xavfni bartaraf etdi
44'
Mata chap qanotdan havolatib uzatma berdi. Zlatan bosh bilan bergan zarba aniq chiqmadi
39'
Mata burchak to'pini o'yinga kiritdi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi
36'
Vuuuuuh! Markus Reshford birga bir vaziyatga chiqdi, ammo gol ura olmadi. Uning zarbasini "Vest Xem" darvozaboni oyoq bilan qaytardi
35'
Antonio olis masofadan zarba berdi. Ammo noaniq
34'
Oho! Mata olis ustun tomon uzatma berdi. Zlatan bosh bilan to'pni darvozabon maydonchasiga qaytardi. Lingarda yaqin masofadan samarali zarba bera olmadi
28'
Hakamning qaroriga keskin norozilik bildirgan Joze Mourino zaxira o'rindig'idan chetlatildi
28'
Pogba simulyatsiya uchun sariq kartochka oldi.
27'
"Vest Xem" jarima to'pini kombinatsiya shaklida o'yinga kiritdi, to'pni esa mezbonlar egallab, xavfli hujum tashkil qilishdi. Pogbaning uzatmasidan keyin Ibra darvozani ishg'ol qilishga tayyor edi, ammo himoyachi to'p yo'nalishini o'zgartira oldi
25'
Errera o'z jarima maydonchasi burchagida Payetni chalib yiqitdi
24'
Mankunianliklar to'pni nazorat qilib, hujum variantlarini qidirishmoqda
21'
GOOL! Zlatan Ibrahimovich, 1:1! Pogba olis masofadan havolatib uzatma berdi. Shvetsiyalik futbolchi 6 metrdan bosh bilan to'pni darvozaga burib qo'ydiyu
20'
Payet jarima maydonchasiga kirayotgan Sakoga uzatma berdi. To'pni Blind egalladi va xavfni bartaraf etdi
18'
Vest Xem futbolchisi chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Roxo to'pni egallab oldi va xavfni bartaraf etdi
12'
Reshford jarima maydonchasiga uzatma berdi. To'p Ibrahimovichgacha yetib kelmadi
8'
Mourino shogirdlari vaziyatni o'nglamasalar bo'lmaydi. Ular to'pni nazorat qilishmoqda
2'
GOOOL! Kutilmaganda "Vest Xem" hisobni ochdi. O'ng qanotdan yetkazilgan jarima to'pini Dyafro Sako bosh bilan 5 metrdan zarba berib, darvozani ishg'ol qildi!
0'
O'yin boshlandi.
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda
'
APLning 13-turi doirasida "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Vest Xem"ni qabul qilmoqda

• Bosh sahifa
© Championat.In - 2014-2016 Derbi.Uz
waplog