13-tur, 27 noyabr, 19:15

ARSENAL

Aleksis Sanches (12, 90+1)
Teo Uolkott (53)

3 : 1

BORNMUT

Kallum Uilson (23-penalti)
JAMOALAR TARKIBI
33.Petr Chex (D)
20.Shkodran Mustafi
02.Matyo Debyushi
18.Nacho Monreal
06.Loran Koselni
11.Mesut O'zil
29.Granit Jaka
15.Aleks
35.Muhammad el-Nenni
14.Teo Uolkott
07.Aleksis Sanches
  23.Adam Federichi (D)
05.Natan Ake
14.Bred Smit
02.Simon Frensis
15.Adam Smit
03.Stiv Kuk
04.Den Gosling
08.Garri Arter
19.Junior Stanislas
13.Kallum Vilson
17.Joshua King
ZAHIRA
13.David Ospina (D)
03.Kiran Gibbs
05.Gabriel Paulista
08.Aaron Remzi
34.Fransis Koklen
12.Olive Jiru
17.Aleks Ivobi
  21.Rayan Ollsop (D)
26.Tayron Mings
24.Rayan Freyzer
07.Mark Pyu
32.Jek Uilshir
31.Lis Musset
09.Benik Afobe
MATNLI TRANSLATSIYA
90+5'
O'yin yakuniga yetdi. "Arsenal" - "Bornmut" - 3:1. Venger jamoasi o'z ochkolarini 28taga yetkazib oldi
90+5'
Bornmut burchak to'pi ishladi
90+1'
Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shildi
90+1'
GOOOOL! Aleksis Sanches, 3:1! Qarshi hujumda O'zil jarima maydonchasiga kirgan Jiruga pas berdi hamda Olive to'pni darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Sanches himoyachilarni ortda qoldirdi va bo' darvozani ishg'ol qildi!
90'
Vuh! Jarima maydonchasi burchagidan yetkazilgan uzatmaga Lis Musset bosh bilan zarba berdi. Hujumchi aniq zarba bera olmadi
88'
Gosling sariq kartochka oldi
87'
"Arsenal" ketma-ket 3 marta raqib darvozasiga bosim tashkil qildi. Ish aniq zarbagacha yetib bormadi
85'
Afobe ofsaydda qoldi
84'
Qarshi hujumda Sanches O'zilni birga bir vaziyatga chiqaradigan uzatma berdi. Ammo himoyachi to'pni qaytarib qoldi
81'
O'zil jarima to'pini raqib darvozasi yaqiniga yetkazdi. Jiru to'pni egallay olmadi
80'
Jordan Ayb chap qanotda belgilangan jarima to'pini mezbonlar jarima maydonchasiga yetkazdi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi
76'
VUUUUH! Bornmut burchak to'pini o'yinga kiritdi va Afobe darvozabon maydonchasi ichida oyoq bilan zarba berdi. Chex oyog'i bilan to'pni qaytardi va himoyachilar to'pni vaziyatdan uzoqlashtirishdi
75'
Arsenalda o'zgarish: Oksleyd-Chemberlen o'rniga Aaron Remzi, Uolkott o'rniga Olive Jiru tushdi
73'
Vuuuh! Qarshi hujumda oldinga chiziqqa yetkazilgan to'pni O'zil raqib jarima maydonchasi oldida egalladi hamda tovoni bilan pas berib, yordamga kelgan Aleksga uzatma berdi. Himoyachi xavfni bartaraf etdi
73'
Garri Arter sariq kartochka oldi
72'
Mehmonlar burchak to'pini o'yinga kiritdi. Arsenal jarima maydonchasi ichida taxlikali vaziyat yuzaga keldi. Xavf bartaraf etildi
70'
Bornmutda o'zgarish: Junior Stanislas o'rniga Jordan Ayb tushdi.
69'
Granit Jaka olis masofadan zarba yo'lladi. Noaniq
66'
Kanonirlar to'pni nazorat qilishmoqda
63'
"Bornmut"da o'zgarish: Uilson o'rniga Benik Afobe tushdi
62'
Aleksis Sanches sariq kartochka oldi. Raqib futbolchisi to'pig'iga xavfli zarba berdi
61'
Yana bir qarshi hujum. Okseyd-Chemberlen chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. To'pni himoyachi qaytardi
60'
Vuuuh! Qarshi hujumda Sanches to'p bilan chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga yaqinlashayotgan O'zil yo'liga to'pni dumalatib berdi. Ammo Mesut to'pga biroz yeta olmadi
58'
Bornmut futbolchilari burchak to'pi ishlashdi va uni o'yinga kiritishdi. Mezbonlar to'pni egallab qarshi hujumga o'tishdi
53'
GOOOL! Teo Uolkott, 2:1! O'zil raqib jarima maydonchasining o'ng tomonidan to'pni egallab turdi va olis ustun tomon yetkazdi. To'p esa himoyachining boshiga tegib, o'sha tomonga ketdi. Nacho Monreal to'pni darhol nariga ustun tomon yuqoridan yetkazdi. Uolkott esa bosh bilan darvozani ishg'ol qildi!
53'
Mezbonlar ko'proq hujum tashkil qilishmoqda
48'
Bornmut burchak to'pini o'yinga kiritdi. Mezbonlar to'pni egallab, qayrshi hujumga o'tishga urinishdi. To'p markazda maydonni tark etdi
47'
O'ng qanotda belgilangan jarima to'pini O'zil darvoza yaqiniga yetkazdi. To'p olis ustun yonidan o'tib ketdi
46'
Ikkinchi bo'lim boshlandi
45+3'
Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha "Arsenal" - "Bornmut" - 1:1. Tanaffus
45+3'
Vuuuuh! Sanches jarima maydonchasining o'ng tomonida to'pni qabul qildi va o'tkir burchak ostida kuchli zarba berdi. To'p to'singa tegib qaytdi!
45'
Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi
44'
Arsenal navbatdagi burchak to'pini o'yinga kiritdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi
42'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani mehmonlar qaytarishdi
42'
Arsenal qisqa paslar orqali jarima maydonchasiga kirib keldi. Uolkotning uzatmasidan keyin to'p himoyachining qo'lidan maydonni tark etdi. Hakam bu vaziyatni ko'rmadi
38'
Vuuuuh! Sanches raqib jarima maydonchasi ichida O'zil bilan "devor" o'ynadi va 8-9 metrlardan zarba berdi. To'p yuqoridan o'tib ketdi
37'
El-Nenni 22 metrlardan zarba berdi. To'p yuqoridan o'tib ketdi
36'
To'pni Bornmut futbolchilari nazorat qilishmoqda
31'
Mehmon himoyachilari yana xatoga yo'l qo'yishlariga bir baxya qoldi.
30'
Bornmut futbolchisi ofsaydda qoldi
28'
Vuuuh! Mehmonlar chiroyli kombinatsiya orqali Arsenal mudofaasini yorib o'tdi. Hujumchi darvozabon maydonchasi burchagidan zarba berdi. Yaqin burchakka kirayotgan to'pni Chex qaytardi
27'
O'zil jarima to'pini darvoza oldiga yetkazdi. Himoyachi to'pni bosh bilan qaytardi
26'
Jarima maydonchasining o'ng tomonida — shundoqqina chiziq oldida himoyachi Sanchesga nisbatan fol ishlatdi. Jarima zarbasi
25'
Vuuuuh! "Bornmut" darvozani ishg'ol qilishi mumkin edi! To'p jarimadan o'yinga kiritilganidan keyin mehmonlar futbolchisi 7-8 metrlardan bosh bilan zarba berdi. Unga hech kim xalal bermayotgandi, to'p to'sin ustidan o'tib ketdi
23'
GOOL! Kallum Uilson, 1:1! Chex zarba yo'nalishini topa olmadi
22'
Nacho Monreal sariq kartochka oldi
22'
Vuh! "Arsenal" darvozasi tomon penalti!
20'
Burchak to'pi o'yinga kiritilganidan keyin Chex uni egallab oldi
19'
Bornmut futbolchisi jarima maydonchasi tashqarisidan yerlatib zarba berdi. To'p himoyachilarga tegib, maydonni tark etdi
16'
"Arsenal"da majburiy o'zgarish: Debyushi o'rniga Gabriel Paulista tushdi
12'
GOOOL! Aleksis Sanches, 1:0! Himoyachi qo'pol xatoga yo'l qo'yib, to'zpni darvozabonga yetkazish chog'ida Sanchesga berib qo'ydi. Aleksis darvozabonni aldab, bo'sh darvozani ishg'ol qildi
8'
Venger shogirdlari jarima to'pini oldindan tayyorlangan kombinatsiya shaklida o'yinga kiritishdi. El-Nenni 14 metrlardan zarba berdi. To'p himoyachiga tegib qaytdi
7'
Aleks Oksleyd-Chemberlen chap qanotdan jarima maydonchasiga kirayotganida Simon Frensis raqibini chalib chiqitdi va sariq kartochka oldi
6'
Hozircha ochiq o'yin bormoqda. Bornmut futbolchisi ofsaydda qoldi
2'
Qarshi hujumda mehmonlar xavfli vaziyat yaratishdi. Adam Smit 20 metrlardan zarba berdi. To'p ustun yonidan o'tib ketdi
2'
Vuuuuh! Chap qanotdan yerlatib "Bornmut" jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani O'zil 7-8 metrlardan darvoza tomon tepdi. Himoyachi to'p yo'liga g'ov bo'ldi
0'
O'yin boshlandi. To'pni o'yinga "Arsenal" futbolchilari kiritib berishdi.
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. O'yin boshlanish arafasida
'
Hozirda "Arsenal" 25 ochko bilan 4-o'rinni egallab turgan bo'lsa, "Bornmut" 15 ochko bilan 11-o'rinni band etgan
'
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari. Angliya Premer-ligasining 13-tur o'yinlari davom etadi. "Arsenal" o'z maydonida "Bornmut"ni qabul qilmoqda.

• Bosh sahifa
© Championat.In - 2014-2016 Derbi.Uz
waplog