13-tur, 26 noyabr, 20:15. Bosh hakam: Alexandro Ernandes

REAL MADRID

Krishtianu Ronaldu (5-penalti, 19)

2 : 1

SPORTING XIXON

Karlos Karmona (36)
JAMOALAR TARKIBI
01.Keylor Navas (D)
03.Pepe
04.Serxio Ramos
06.Nacho
23.Danilo
19.Luka Modrich
10.Xames Rodriges
16.Mateo Kovachich
17.Lukas Vaskes
07.Krishtianu Ronaldu
09.Karim Benzema
  13.Diego Marino (D)
05.Fernando Amorebeta
02.Duglas
16.Lilo
04.Xorxe Mere
06.Serxio Alvares
08.Rashid
23.Moy Gomes
18.Ismael Lopez
19.Karlos Karmona
24.Duye Chop
ZAHIRA
13.Kiko Kasilya (D)
02.Daniel Karvaxal
12.Marselo
14.Kazemiro
20.Marko Asensio
22.Isko
18.Mariano Dias
  30.Oskar Uolli (D)
03.Jan-Silven Baben
15.Roberto Kanelya
21.Xavi Torres
07.Viktor Rodrigez
10.Nacho Kases
25.Borxa Viguera
MATNLI TRANSLATSIYA
90+3'
Ajoyib o'tgan o'yin yakuniga yetdi. "Real" el-klasiko oldidan muhim g'alabani qo'lga kiritdi.
90'
Ikkinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi
87'
Krishtianu Ronaldu (Real Madrid) darvozani ishg'ol qilishga yaqin kelgandi. U jarima maydonchasi burchagidan zarba berdi. Diego Marino burchakka kirayotgan to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Ajoyib seyv!
86'
Mehmonlar burchak to'pini o'yinga kiritishdi. Madridliklar himoyasi yaxshi harakat qildi
82'
Nacho Kases jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qildi va yerlatib zarba berdi. Navas to'pni egallab oldi.
81'
"Sporting"da o'zgarish: Rashid Ayt-Atmane o'rniga Nacho Kases tushdi.
81'
"Real"da o'zgarish: Mateo Kovachich o'rniga Isko tushdi.
78'
Due Chop 11 metrli jarima zarbasidan o'ta noaniq zarba berdi. Navas boshqa burchakka tashlangandi, to'p to'sin ustidan o'tib ketdi!
77'
Qoidani buzgan Nacho sariq kartochka oldi
77'
PENALTI! "Real" darvozasiga!
76'
"Sporting"da ikkita o'zgarish: Karlos Karmona va Moyses Gomes o'rniga Borxa Viguera va Viktor Rodriges tushdi.
73'
Vuuuh! Ronaldu jarima zarbasini tepdi va Lukas Vaskes jarima maydonchasi ichida to'p uchun kurash olib bordi va to'pni egallab zarba berdi. To'p shundoqqina ustun yonidan o'tib ketdi.
72'
"Real"da o'zgarish: Xames va Ramos maydonni tark etdi, Marko Asensio va Marselo o'yinni davom ettiradi.
71'
Modrich o'tkir burchak ostida jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Noaniq
70'
Krishtianu Ronaldu jarima maydonchasi yon tomonida to'pni qabul qildi va ichkariga uzatma berdi. Himoyachi so'nggi pallada xavfni bartaraf etdi.
68'
Lukas Vaskes (Real Madrid) raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Krishtianu Ronaldu to'pni qabul qildi, ammo zarba berishga ulgurmadi. Himoyachi to'pni egallab olib, xavfni bartaraf etdi.
66'
Karlos Karmona (Sporting) qoida buzdi va sariq kartochka oldi.
64'
Mateo Kovachich (Real Madrid) jarima maydonchasi burchagidan zarba berdi. To'p himoyachilardan maydonni tark etdi.
63'
Duglas "Real" jarima maydonchasiga uzatma berdi. To'pga hech kim yeta olmadi
62'
Vuuuuuh! Nacho qanotdan hujumga qo'shildi va yaqin burchak tomon aniq zarba berdi. Diego Marino ajoyib seyv orqali jamoasini qutqardi!
61'
Rashid Ayt-Atmane (Sporting) sariq kartochka oldi.
58'
Karim Benzema baland sakrab, bosh bilan zarba berishga harakat qildi. Ammo frantsiyalik hujumchi zarba bera olmadi. Diego Marino to'pni egallab oldi.
55'
Krishtianu Ronaldu jarima maydonchasi yon tomonida to'pni qabul qildi va darvoza tomon zarba berdi. Darvozabon to'pni qaytardi
53'
Bu safar Moyses Gomes (Sporting) jarima maydonchasiga pas berdi. Karlos Karmona to'pga yeta olmadi.
52'
Karlos Karmona (Sporting) mezbonlar jarima maydonchasiga yaxshi uzatma berdi. Maydon egalari to'pni vaziyatdan uzoqlashtirishdi
49'
Benzema maydonga qaytdi. Hammasi joyida
48'
Karim Benzema jarohat olgan ko'rinadi
47'
Xames oldinga chiziqqa uzatma berdi. Karim Benzema to'pga yeta olmadi
46'
Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+2'
Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha "Real" - "Sporting" - 2:1. Tanaffus.
45+1'
"Sporting" burchak to'pini o'yinga kiritdi. Navas to'pni egallab oldi
45'
Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi
44'
Modrich jarima to'pini raqib darvozasi yaqiniga yetkazdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi
43'
Vuuuuh! Diego Marino "Sporting"ni qiyin vaziyatda qutqardi! Krishtianu Ronaldu osonlik bilan himoyachidan o'tib ketdi va yerlatib zarba berdi. Darvozabon qaytardi!
41'
Fernando Amorebeta (Sporting) sariq kartochka oldi
39'
Xavfli vaziyat! Krishtianu Ronalduning uzatmasidan keyin Lukas Vaskes raqib jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qildi va darvoza burchagi tomon zarba berdi. Zarbaga biroz aniqlik yetishmadi.
36'
Pepe olgan jarohati tufayli o'yinni davom ettira olmaydigan ko'rinadi
36'
GOOOL! Karlos Karmona, 2:1! Ismael Lopes jarima maydonchasiga ajoyib uzatma berdi. Karlos Karmona to'pni qabul qildi va darvozani ishg'ol qildi.
33'
Pepe jarohat oldi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda
32'
Mezbonlar ketma-ket ikki marta burchak to'pini o'yinga kiritishdi. Xixonliklar xavfni bartaraf etishdi
30'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani madridlik himoyachilar bartaraf etishdi
29'
Vuuuh! Keylor Navas jamoasini goldan qutqardi! Moyses Gomes (Sporting) darvoza burchagiga zarba berdi. Darvozabon esa murakkab zarbani qaytardi. Burchak to'pi
25'
Modrich jarima to'pini mehmonlar jarima maydonchasiga yetkazdi. Himoyachilar to'pni vaziyatdan uzoqlashtirishdi
22'
"Real" raqib darvozasiga uchinchi to'pni yo'lladi, ammo gol inobatga olinmadi. Burchak to'pi o'yinga kiritilganidan keyin Ronaldu chalqancha uslubda zarba berdi. To'p to'singa tegib qaytdi va Nacho darvozani ishg'ol qildi. Ammo himoyachi ofsaydda qolgan ekan
21'
Madridliklar burchak to'pini o'yinga kiritishdi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi
19'
GOOOL! Krishtianu Ronaldu, 2:0! Nacho jarima maydonchasiga yuqoridan uzatma berdi. Portugaliyalik futbolchi baland sakradi va darvozaning yaqin burchagiga to'pni joyladi!
13'
Vuuuh! Modrich burchakdan yetkazgan uzatmaga Ronaldu bosh bilan zarba berdi. To'p darvozasi ustidan o'tib ketdi
13'
Xames jarima maydonchasi burchagidan zarba berdi. To'p himoyachilardan maydonni tark etdi. Burchak to'pi
12'
"Sporting" burchak to'pini o'yinga kiritdi. Samarasiz
11'
Karmona "Real" darvozasi yaqiniga uzatma berdi. Navas to'pni egallab oldi
10'
Mehmonlarning 2-3ta hujumi samarasiz chiqdi
7'
Nacho olis masofadan zarba berishga urindi. To'p himoyachiga tegib qaytdi
5'
GOOL! Krishtianu Ronaldu, 1:0! Portugaliyalik futbolchining zarbasi aniq bo'ldi
4'
"Sporting" darvozasi tomon penalti!
2'
Duye Chop jarima maydonchasi yon tomonida to'pni qabul qildi va darvoza tomon zarba berdi. Noaniq
1'
Bahs boshlandi. To'pni o'yinga mehmonlar kiritib berishdi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Ispaniya La ligasining 13-turi doirasida "Real" o'z maydonida Xixonning "Sporting" klubini qabul qilmoqda

• Bosh sahifa
© Championat.In - 2014-2016 Derbi.Uz
waplog