12-tur, 19 noyabr, 20:15

BARSELONA

0 : 0

MALAGA

JAMOALAR TARKIBI
01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
19.Lukas Din
03.Jerar Pike
12.Rafinya
05.Serxio Buskets
06.Denis Suares
14.Xaver Maskerano
20.Serxi Roberto
07.Arda Turon
11.Neymar
17.Pako Alkaser
  01.Karlos Kameni (D)
04.Mikel Vilyanueva
15.Federiko Rikka
23.Migel Torres
18.Roberto Rosales
05.Diego Lorente
10.Xuanpi
07.Xuan Karlos
39.Xaver Ontiveros
19.Sandro Ramirez
31.Pablo Fornals
ZAHIRA
13.Yasper Sillessen (D)
33.Marlon Santos
18.Xordi Alba
21.Andre Gomes
22.Aleyks Vidal
04.Ivan Rakitich
28.Karles Alena
  13.Denis Boyko (D)
29.Luis
21.Joni
17.Duda
08.Mikael Santos
26.Yussef En-Nosiriy
11.Gonsalo Kastro
QIZIL KARTOChKA
 
Diego Lorente (69)
MATNLI TRANSLATSIYA
90+8'
O'yin tugadi. "Barselona" o'ta muhim 2 ochkodan mahrum bo'ldi.
90+7'
"Malaga"ning ikkinchi futbolchisi maydondan chetlatildi. Xuan Karlos hakamni so'kkani uchun qizil kartochka oldi.
90+6'
Andre Gomesh yaxshi zarba berdi. Kameni zarbani qaytarishga muvaffaq bo'ldi.
90+5'
"Malaga"da o'zgarish: Pablo Fornals o'rniga Duda tushdi.
90+3'
Vuuuuh! Neymar jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qildi va "to'qqizlik" tomon zarba berdi. Kameni zarbani qaytardi!
90+2'
Arda Turon olis masofadan zarba berdi. Ammo to'p kataloniyalik futbolchilardan biriga tegib qaytdi
90'
Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi
86'
Vilyanueva jarima maydonchasiga kirgan Pikeni formasidan tortib yiqitdi. Hakam penalti belgilashga jazm etmadi
86'
Rakitichning uzatmasidan keyin mezbonlar burchak to'pi ishlashdi
84'
Vuuuh! Qanotdan yetkazib berilgan uzatmaga Gomesh bosh bilan zarba berdi. To'p to'singa tegib qaytdi va Pike to'pni darvozaga joyladi. Ammo laynsmen bayroqchasini ko'tarib, golni bekor qildi. Hakamlar adashishdiyov...
82'
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Rakitich 10 metrlardan bosh bilan zarba berdi. Ammo zarba biroz noaniq bo'ldi
81'
"Malaga"da o'zgarish: Sandro Ramires o'rniga Yussef En-Nosiriy tushdi
79'
Neymar chap qanotdan jarima to'pini o'yinga kiritdi. Kameni to'pga chiqdi va Pikega urilib ketdi. Hakam hujumda fol qayd etdi
78'
Neymar jarima zarbasini tepdi. Ammo to'p yuqoriiga ko'tarilib ketdi
77'
"Barselona"da uchinchi o'zgarish: Rafinya o'rniga Ivan Rakitich tushirildi.
76'
Jordi Alba (Barselona) jarima maydonchasiga uzatma berdi. Idriss Kameni to'pga ega chiqdi.
74'
Neymar (Barselona) jarima to'pini o'yinga kiritdi. Ammo to'pga hech kim yeta olmadi.
73'
Andre Gomesh (Barselona) jarima maydonchasiga uzatma berishga harakat qildi. Ammo himoyachilar to'p yo'liga g'ov bo'lishdi.
71'
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Rafinya 11 metrli nuqta ustida zarba berdi. To'p to'sin ustidan o'tib ketdi
69'
"Malaga"da o'zgarish: Xaver Ontiveros o'rniga Luis Manos tushdi
69'
"Malaga" futbolchisi maydondan chetlatildi. Diego Lorente qizil kartochka oldi
68'
"Barsa"da o'zgarish: Denis Suares o'rniga Andre Gomesh maydonga tushdi
66'
Barselona to'pni nazorat qilmoqda. Xavfli vaziyatlar yo'q
63'
"Barsa"da o'zgarish: Lukas Din o'rniga Jordi Alba tushdi
61'
Xaver Ontiveros (Malaga) sariq kartochka oldi.
59'
Neymar burchak to'pini o'yinga kiritdi. Mehmonlar to'pni qaytarishdi
56'
Xuanpi ajoyib uzatma bilan jamoadoshini to'p bilan ta'minladi. Ammo Xuan Karlosning zarbasi noaniq chiqdi. To'p ustun yonidan o'tib ketdi.
55'
Jarima maydonchasiga yetkazilgan to'p uchun kurashda himoyachi va Turon yiqildi. Hakam esa negadir Ardani aybdor deb topdi
53'
Neymar ofsaydda qoldi
52'
Malaga burchak to'pini o'yinga kiritdi. Darvoza tomon zarba berilmadi
49'
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Xaver Maskerano zarba berdi. To'p darvoza ustidan o'tib ketdi .
48'
Arda Turon jarima maydonchasi tomon ajoyib uzatma berdi. Himoyachilar to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. Burchak to'pi
47'
Neymar jarima maydonchasiga kirishga urindi, ammo himoyachi to'pni yon tomonga tepib yuborishga ulgurdi
46'
Ikkinchi bo'lim boshlandi. Davom etamiz
45+1'
Birinchi bo'lim yakuniga yetdi. Hozircha o'yinda hisob ochilmadi. Tanaffus
45'
Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi
45'
Lukas Din (Barselona) raqib jarima maydonchasi ichida sheriklariga uzatma berishga harakat qildi, ammo himoyachi yaxshi harakat qilib, to'pni egallab oldi.
44'
Lukas Din yaxshi uzatma berdi, ammo Buskets jarima maydonchasi burchagidan aniq zarba bera olmadi. To'p yuqoridan o'tib ketdi.
44'
Ko'k-anorranglilar navbatdagi hujumini malagaliklar qaytarishdi
42'
Neymar (Barselona) samarali uzatma bera olmadi. Shunga qaramay mezbonlar burchak to'pi tepishadi.
40'
Mehmonlarning hujumi. Havodan yetkazilganu uzatmani kataloniyaliklar qaytarishdi
39'
Neymar (Barselona) burchak to'pini o'yinga kiritdi. Kameni to'pni egallab oldi.
38'
Denis Suares (Barselona) havodan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachilardan biri bosh bilan to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
37'
Xaver Maskerano (Barselona) jarima maydonchasiga uzatma berdi. Idriss Kameni to'pni egallab oldi.
34'
Denis Suares (Barselona) jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi
32'
Vuuuuuh! Rafinya yerlatib zarba berdi. Kameni ajoyib seyv orqali to'pni qaytardi.
30'
Arda Turon ofsaydda qoldi
29'
Burchakdan yetkazilgan uzatmagan Jerar Pike bosh bilan zarba berdi. Darvozabon yaxshi harakat qildi va to'pni qaytardi.
29'
Serji Roberto (Barselona) himoyachini aldashga harakat qildi, ammo raqiblar to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. Barselona burchak to'pi tepadi.
24'
Sandro Ramires (Malaga) darvoza tomon aniq zarba berdi. Ter Shtegen to'pni egallab oldi
23'
Federiko Rikka (Malaga) sariq kartochka oldi
21'
Vuuuuuh! Rafinya jarima maydonchasi chizig'i oldidan zarba berdi. To'p shundoqqina ustun yonidan o'tib ketdi!
20'
Barselona to'pni nazorat qilmoqda
18'
Arda Turon jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To'p himoyachiga tegib qaytdi
17'
Denis Suares jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To'p ustun yonidan o'tib ketdi
17'
Sandro Ramires (Malaga) jarima maydonchasiga uzatma berdi. Ter Shtegen to'pni egalladi
13'
Vuuuuh! Jerar Pike (Barselona) ajoyib imkoniyatni qo'ldan chiqardi! U qulay vaziyatga chiqdi va zarba berdi, ammo to'sin ostiga kirayotgan to'pni Idriss Kameni qaytarishga muvaffaq bo'ldi. BUrchak to'pi
12'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani mehmonlar qaytarishdi
11'
Denis Suares (Barselona) jarima maydonchasiga kirayotgan jamoadoshiga uzatma berdi. Uzatma unchalik muvaffaqiyatli bo'lmagani bois, to'p himoyachidan maydonni tark etdi.
9'
Neymar jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To'p ustun yonidan o'tib ketdi
7'
Malagada yaxshi vaziyat! Neymarning maydon markazida to'pni yo'qotishi oqibatida o'ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va o'tkir burchak ostida zarba berdi. BIroz noaniq
6'
Neymar (Barselona) ofsaydda qoldi
5'
Barselona o'yinning borishini nazorat qilmoqda
3'
"Barselona" raqib darvozasiga to'pni yo'lladi. 11 metrli nuqta atrofida ochilgan Alkaserga uzatma berildi. Ammo Pako ofsaydda bo'lgani uchun gol inobatga olinmadi.
2'
Luis Enrike ikki kun oldin klub safiga kelib qo'shilgan Messi va Suaresga dam berishga qaror qildi. Ular zaxirada ham yo'q
1'
Diqqat! O'yin boshlandi
'
Qadrli futbol muxlislari. Ispaniya La ligasining 12-turi doirasida "Barselona" o'z maydonida "Malaga"ni qabul qilmoqda

• Bosh sahifa
© Championat.In - 2014-2016 Derbi.Uz
waplog