12-tur, 19.11.2016, soat 17:30

MANChESTER YuNAYTED

Xuan Mata (69)

1 : 1

ARSENAL

Olive Jiru (89)
JAMOALAR TARKIBI
01. David de Xea (D)
04. Fil Djons
05. Markos Roxo
36. Matteo Darmian
08. Xuan Mata
21. Ander Errera
06. Pol Pogba
16. Maykl Kerrik
25. Antonio Valensiya
11. Antoni Marsial
19. Markus Reshford
  33. Petr Chex (D)
06. Loran Koselni
20. Shkodran Mustafi
25. Karl Jenkinson
18. Nacho Monreal
34. Fransis Koklen
08. Aaron Remzi
35. Moxamed El-Nenni
11. Mesut O'zil
14. Teo Uolkott
07. Aleksis Sanches
ZAHIRA
20. Serxio Romero (D)
17. Deyli Blind
18. Eshli Yang
07. Memfis Depay
28. Morgan Shnayderlin
14. Djessi Lingard
10. Ueyn Runi
  13. David Ospina (D)
03. Kiran Gibbs
05. Gabriel Paulista
29. Granit Djaka
15. Aleks
17. Aleks Ivobi
12. Olive Jiru
MATNLI TRANSLATSIYA
90+5'
O'yin yakunlandi. "MYu" - "Arsenal" - 1:1!
90+3'
O'ng qanotda belgilangan jarima to'pini Runi jarima maydonchasi tashqarisidagi Erreraga yetkazdi. Ander darvoza yaqiniga to'pni yetkazdi. Chex to'pni egalladi
90'
Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi
89'
GOOOL! Olive Jiru, 1:1! Koklen o'ng qanotda bir himoyachidan o'tib ketdi va olis ustun tomon uzatma berdi. Jiru darvozabon maydonchasi chizig'i ustida baland sakradi hamda bosh bilan kuchli zarba berdi. Gol!
85'
MYuda o'zgarish: Mata o'rniga Shnayderlin tushdi
83'
Mourino jamoasi raqibga hujum tashkil etish imkoniyatini bermayapti
79'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Arsenal futbolchilari bartaraf etishdi
79'
Mezbonlar o'ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berishdi. Uolkott to'pni maydon tashqarisiga tepib yubordi
77'
Sanches chap qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. To'p olis ustun yonidan o'tib ketdi
73'
Arsenalda o'zgarish yuz berdi. El-Nenni o'rniga Olive Jiru tushdi
71'
Mankunianliklarning navbatdagi hujumi. O'ng qanotdan yetkazilgan uzatma Reshford egalladi va chap tomondan darvozabon maydonchasiga yetkazishga urindi. Burchak to'pi
69'
GOOL! Xuan Mata, 1:0! MYu o'ng qanotdan hujum tashkil qildi. Pogba yetkazib bergan to'pni Errera jarima maydonchasiga uzatdi va Mata 14 metrlardan darvozaning bo'sh burchagiga joyladi
68'
Maydon egalari ikkinchi bo'limda ustunlikka erishishmoqda. Navbatdagi burchak to'pini ham londonliklar bartaraf etishdi
67'
MYu ijrosida navbatdagi burchak to'pi. Arsenal futbolchilari to'pni maydon markaziga qaytarishdi
65'
Mezbonlar burchak to'pini o'yinga kiritishdi. Samarasiz
64'
MYuda o'zgarish: Matteo Darmian o'rniga Deyli Blind tushdi
64'
Runi jarima maydonchasiga kirdi, ammo ofsayd
63'
MYuda o'zgarish: Antoni Marsial o'rniga Ueyn Runi tushdi
62'
Mourino Runini maydonga tushirish uchun tayyorlamoqda
56'
Arsenal ketma-ket ikki marta burchak to'pini o'yinga kiritdi. Endi esa De Xea erkin zarba bilan to'pni o'yinga kiritib beradi
55'
Vuuuh! Himoyailarning xatosidan so'ng Uolkott o'ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvoza yaqiniga uzatma berdi. Burchak to'pi
53'
Marsial jarimadan yerlatib uzatma berdi. Londonliklar to'pni qaytarishdi
52'
Burchakka yaqin joyda Jenkinson Reshfordga nisbatan fol ishlatdi
50'
Xavfli vaziyat! O'ng qanotdan yetkazilgan uzatma natijasida to'p Pogbaning ko'kragi orqali Reshfordga kelib tushdi. Uning zarbasi himoyachiga kelib tushdi
47'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani De Xea egallab oldi
46'
Mehmonlar burchak to'pi ishlashdi
46'
Ikkinchi bo'lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus
45'
Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi
42'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani mehmonlar jarima maydonchasi tashqarisiga qaytarishdi. Marsial yo'llagan zarba aniq bo'ldi. To'pni Chex egallab oldi
41'
Vuuuuh! To'p Errera-Pogba orqali chap tomondan jarima maydonchasiga kirgan Marsialga yetib keldi. Uning zarbasini Chex davoza yuqorisiga ko'tarib yubordi
39'
El-Nenni olis masofadan zarba berdi. Noaniq
37'
Maydon egalari ketma-ket ikki marta burchak to'pini o'yinga kiritdi. Mehmonlar xavfni bartaraf etishdi
36'
Vuuuuh! Pogbaning chiroyli uzatmasidan Mata to'pni egalladi va 16 metrlardan zarba berdi. To'p Chexning qo'lidan maydonni tark etdi
35'
Vuuuh! Valensiya to'pni Monrealning oyoqlari orasidan to'pni o'tkazib, jarima maydonchasiga kirdi, ammo Nacho Antonioning yo'liga qo'lini cho'zdi va Valensiya yiqildi. Hakam penalti belgilamadi. Bundan Mourinoning juda jahli chiqib ketdi
33'
Kanonirlarning navbatdagi hujumi samarasiz yakunlandi
28'
O'ng tomondan jarima maydonchasiga kirgan Remzi maydon markazidan uzatma berdi. Aaron to'pni to'xtata olmadi
24'
O'ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Roxo bosh bilan qaytardi. Koklen 20 metrlardan to'pni yerga tushirmasdan zarba berdi. Noaniq
23'
Mehmonlar to'pni nazorat qilishmoqda. Hozircha xavfli vaziyatlar yo'q
19'
Reshford o'ng qanotdan havolatib uzatma berdi. Pogba to'pga biroz yeta olmadi. Boz ustiga, u ofsaydda qolgan ekan
17'
Marsial o'ng qanotdan yuoqridan uzatma berdi. Chex to'pga ega chiqdi
16'
Aleksis Sanches sariq kartochka oldi. U Erreraning oyog'iga tepdi
15'
Pogba o'ng qanotdan yerlatib uzatma berishdi. Londonlik himoyachilar to'pni egallab, xavfni bartaraf etishdi
10'
Venger shogirdlari mezbonlarning hujumiga hujum bilan javob qaytarishga urinishmoqda
7'
Arsenalda yaxshi imkoniyat. Burchak zarbasi o'yinga kiritilganidan keyin to'p jarima maydonchasiga yetkazildi. To'p Uolkottning boshida darvzabon maydonchasi chizig'i ustida turgan Sanchesga bordi, ammo Aleksis bosh bilan aniq zarba bera olmadi
6'
Kanonirlar qarshi hujum tashkil qilishdi. O'zil tovoni bilan pas berib, Aleksisni birga bir vaziyatga chiqarishga urindi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi va to'pni jgallagan Sanches olis masofadan zarba berdi. To'p himoyachidan maydonni tark etdi
4'
Mankunianliklar jarima zarbasi tepish huquqini qo'lga kiritishdi. Mata chap oyoqda olis burchak tomon zarba berdi. To'p ustun yonidan o'tib ketdi
2'
Marsial raqib jarima maydonchasi chap burchagidan ichkariga kirdi va orqaroqqa uzatma berdi. Ammo to'pni mehmonlar egallab olishdi
0'
Bahs boshlandi. To'pni o'yinga mezbonlar kiritib berishdi
'
"MYu" qizil, "Arsenal" sariq rangli formada o'ynaydi
'
Diqqat! Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. FIFA kunlari yakuniga yetib, milliy chempionatlarda navbatdagi tur o'yinlari davom etadi. APLning 12-turi doirasida bo'lib o'tadigan "Manchester Yunayted" va "Arsenal" jamoalari o'rtasidagi o'yin boshlanish arafasida.

• Bosh sahifa
© Championat.In - 2014-2016 Derbi.Uz
waplog