"A" guruhi, 5-tur. 15 oktyabr, soat 16:00. Bosh hakam: Fahad al-Mirdasiy (S.Arabistoni)

JANUBIY KOREYa

Nam Te Xi (68)
Ku Ja Chol (85)

2 : 1

O'ZBEKISTON

Marat Bikmaev (25)
JAMOALAR TARKIBI
23.Kim Syung Gyu
04.Kim Ki Xi
06.Pak Ju Xo
07.Son Xyong Min
10.Nam Te Xi
11.Ji Dong Von
13.Ku Ja Chol
16.Ki Sung Yung
18.Xyop Jong Li
20.Jang Xyun Su
22.Kim Chang Su
  21.Aleksandr Lobanov
02.Egor Krimets
04.Marat Bikmaev
05.Anzur Ismoilov
09.Odil Ahmedov
11.Igor Sergeev
13.Davron Hoshimov
17.Vadim Afonin
18.Otabek Shukurov
19.Vitaliy Denisov
23.Eldor Shomurodov
ZAHIRA
01.Kvon Sunte (D)
21. Kim Jin Xyon (D)
02.Choy Chul Sun
03.Xong Chul
05.Kuok Te Xvi
08.Kim Bo Kyung
09.Kim Shin Uk
12.Li Je Sung
14. Xan Kuk Yong
15.Xong Jyong Xo
17.Li Chung Yong
19. Jung Vu Yong
  01.Eldorbek Suyunov
12.Ignatiy Nesterov
03.Salamat Quttiboev
06.Jaloliddin Masharipov
07.Jamshid Boltaboev
08.Server Jeparov
10.Sardor Rashidov
14.Javohir Sohibov
15.Aleksandr Geynrix
16.Stanislav Andreev
20.Islom To'xtaxo'jaev
22.Jamshid Iskandarov
MATNLI TRANSLATSIYA
90+4'
O'yin yakunlandi. Afsus, qo'ldan turgan ochko(lar)ni qo'ldan chiqardik. Ozgina omad yetmadi, ozgina.
90+2'
Son Xeung Min sariq kartochka oldi. U keyingi o'yinni o'tkazib yubordi
90+2'
Koreyaliklar qanotda jarima zarbasi ishlashdi
90'
Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi
89'
Kim Shin Uk sariq kartochka oldi
88'
O'zbekistonda o'zgarish: Vadim Afonin o'rniga Sardor Rashidov tushdi
85'
GOL! Afsus! Gol o'tkazib yubordik. Ku Ja Chol, 2:1! Olis masofadan yetkazilgan uzatmani Kim Shin Uk bosh bilan Ku Ja Cholga tashlab berdi va u 7-8 metrlardan darvozani ishg'ol qildi
84'
Vuh! Kim Shin Uk jarima maydonchamiz ichida to'pni qabul qildi va 14 metrlardan zarba berdi. To'p yuqoriga ko'tarilib ketdi
82'
Koreyada o'zgarish: Pak Ju Xo o'rniga Xong Chul tushdi
81'
Jarimadan yetkazilgan to'p 11 metrli nuqta ustida turgan Geynrixga kelib tushdi. Uning zarbasini himoyachilar qaytarishdi
80'
O'zbekistonda o'zgarish: Eldor Shomurodov o'rniga Javohir Sohibov tushdi
79'
Himoyadan chiqayotganimizda Jang Xyun Su Geynrixga nisbatan fol ishlatdi
77'
Jarimadan yo'llangan zarba jonli devorga tegib qaytdi
76'
Sergeev fol ishlatdi. Darvozamizgacha 25 metrlar
74'
Vuuuuh! Raqib jarima maydonchasi oldida futbolchilarimiz Park Ju Xodan to'pni olib qo'yishdi va Geynrix 18 metrlardan zarba berdi. To'p himoyachiga tegib qaytdi
73'
Ki Sung Yun olis masofadan ancha noaniq zarba berdi
72'
Ahmedov birdaniga 2 himoyachi orasidan o'tib jarima maydonchasiga kirdi, ammo uchinchisi xavfni bartaraf etdi
71'
Vuuuuuh! Koreyaliklarning o'ta xavfli hujumini Denisov bartaraf etdi. Barakalla!
70'
Shomurodov chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi, ammo himoyachilar unga imkon berishmadi
68'
GOL! Nam Te Xi, 1:1! Pak Ju Xo chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. To'p Lobanovning ustidan oshib o'tdi va uni Nam Te Xi bo'sh darvozaga bosh bilan joyladi
67'
Koreyada o'zgarish: Xyop Jong Li o'rniga Kim Shin Uk tushdi
65'
Terma jamoamizda yaxshi hujum. Ahmedov bir futbolchini aldab o'tdi va o'ng qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Geynrixga pas berdi. Sasha darvozabon maydonchasiga kuchli uzatma berdi. Ammo biznikiladan hech kim yo'q edi
63'
Janubiy Koreyada o'zgarish: Ji Dong Von o'rniga Li Je Sung tushdi
61'
Xavfli vaziyat! Koreyalik posbon xavfni bartaraf etdi
60'
O'zbekistonda o'zgarish: Marat Bikmaev o'rniga Alkesandr Geynrix tushdi
54'
Vuuuuuh! Hoshimov jamoamizni goldan qutqardi!
53'
Son Xeung Min yetkazgan to'pni Lobanov qo'ldan chiqarib yubordi va himoyachilarimiz to'pni vaziyatdan uzoqlashtirishdi
52'
Hoshimov chap qanotda Son Xeung Minga nisbatan fol ishlatdi
50'
Raqibning hujumini bartaraf etdik. Olis masofadan berilgan zarba futbolchimizga tegib qaytdi
49'
Vitaliy maydonda, o'yinni davom ettiryapti
47'
Denisov jarohat oldi. Unga maydon tashqarisida yordam ko'rsatilyapti
46'
Ikkinchi bo'lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo'lim yakunlandi. Dastlabki 45 daqiqalikdan keyin terma jamoamiz hisobda oldinda bormoqda. Tanaffus
45'
Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi
44'
Autdan otib berilgan to'pga futbolchilarimizdan biri bosh bilan zarba berdi. Himoyachi to'pni qaytardi
44'
Denisov nuqtasidan aut
43'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Lobanov ishonch bilan egallab oldi
42'
Anzur yakkama-yakka kurashda Ji Jong Vondan to'pni olib qo'ydi
40'
Jarima maydonchamizga yetkazilgan uzatma natijasida taxlikali vaziyat yuzaga keldi. Krimets xavfni bartaraf etdi
38'
Shomurodovning uzatmasini Sergeev tushunmadi.
37'
Yaxshi. Jarima to'pi o'yinga kiritilgan paytda himoyachimizga nisbatan fol ishlatildi
37'
Denisov o'z qanotida fol ishlatdi. Koreya jarima zarbasi tepadi
33'
Vuh! Son Xeung Min jarima maydonchasi burchagidan aniq zarba berdi. Lobanov to'pni egalladi
31'
Shomurodov 25 metrlardan zarba berdi. Noaniq
30'
Koreyalik futbolchi Xyop Jong Li ofsaydda qoldi
28'
Yana bir hujum! Ahmedovning uzatmasidan keyin Bikmaev jarima maydonchasi kirdi, ammo himoyachi to'pni yon tomonga tepib yubordi
25'
GOOOL! GOOOL! GOOL!! Marat Bikmaeeeeev! Raqib himoyachilari to'pni darvozabonga yetkazishdi va Sergeev darvozabon tomon bosim o'tkazdi. Posbon to'pni jarima maydonchasi tashqarisidan tepib yubordi. Bikmaev to'pni egalladi va 35 metrlardan zarba berib, bo'sh darvozaga ajoyib tarzda joyladi!
22'
Terma jamoamiz maydon markazida to'pni egallab, tezkor qarshi hujumga o'tdi. Odildan uzatma qabul qilgan Shomurodov chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi to'pni bosh bilan qaytardi
21'
Terma jamoamiz oldinga o'ta boshladi. Shomurodov hujumda fol qayd etdi
19'
Koreyaliklar chap qanotdan yaxshi kombinatsiya tashkil qilishdi va Son Xeung Min jarima maydonchamizga kirib bordi. Ismoilov xavfni bartaraf qildi
18'
Shomurodov chap qanotdan uzatma berdi. Kim Syung Gyu egallab oldi
17'
Vuuuuuh! Maydon markazida belgilangan jarima to'pini Shomurodov bosh bilan qaytardi va to'pni egallagan Ahmedov 20 metrlardan kuchli zarba berdi. To'p darvoza ustunidan 1-2 metr masofadan o'tib ketdi
14'
Koreyaliklar o'ng qanotdan jarima maydonchamizga uzatma berishdi. Lobanov urib yuborgan to'pni Denisov egalladi va xavfni bartaraf etdi
12'
O'ng qanotdan oldinga o'tayotgan Ji Dong Vonga uzatma berildi. Koreyalik yarim himoyachi jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qilishga va Denisovni aldashga urindi, ammo to'p undan maydonni tark etdi
11'
Koreyaliklar to'pni nazorat qilishda davom etishmoqda
8'
Vuuuh! Xavfli! Son Xeung Min chap qanotda to'pni qabul qildi va uni Hoshimovning oyoqlari orasidan o'tkazib, jarima maydonchamizga kirdi. Boshqa futbolchilarimiz to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
6'
Burchak to'pidan keyin mezbonlar bosh bilan unchalik kuchli bo'lmagan zarba berishdi. Futbolchilarimiz xavfni bartaraf etib, qarshi hujumga o'tishdi. Ahmedov ikki futbolchidan o'tib keta olmadi
5'
Koreya burchak to'pi tepadi. Denisov to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
3'
Terma jamoamiz maydon markazida to'pni egallab, hujum tashkil qilishga urindi. Odil Ahmedov to'pni raqibga oldirib qo'ydi
2'
Koreyaliklar to'pni nazorat qilib, chap qanotdagi Son Xeung Minga yetkazishdi. Krimets to'p yo'lini to'sdi va "Tottenxem" futbolchisiga to'pni egallash imkoniyatini bermadi
0'
Uchrashuv boshlandi! To'pni o'yinga koreyaliklar kiritib berishdi
'
Terma jamoamiz zariga o'rindig'i oldida doira hosil qilib, o'yinga so'nggi tayyorgarlik ko'rmoqda
'
Stadionning yarmi ham to'lmagan. Qiziq...
'
Endi navbat Koreya Respublikasi madhiyasiga
'
O'zbekiston davlat madhiyasi yangramoqda!
'
Diqqat! Janubiy Koreya va O'zbekiston terma jamoalari maydonga chiqib kelishmoqda.
'
Seuldagi "World Cup stadium"ga anchagina o'zbek ishqibozlari tashrif buyurishgan. Ajab emas, Rossiya-2018 mundiali sari yo'l aynan mana shu stadiondan boshlansa?!
15.51'
O'yin boshlanishiga 9 daqiqa qoldi. Yana 2-3 daqiqadan keyin terma jamoalar maydonga chiqib kelishadi. Bugun Koreya qizil, O'zbekiston ko'k rangli formada o'ynaydi
15.45'
Har ikkala jamoa o'yindan oldingi chigalyozdi mashg'ulotni yakunlab, kiyinish xonasiga yo'l olishdi. Ular birozdan keyin yana maydonga qaytishadi
'
Rossiya-2018 saralashining 3-bosqichi o'zining ekvatoriga yaqinlashib qoldi. Beshinchi tur bahsini terma jamoamiz Janubiy Koreyada o'tkazadi. O'yin boshlanishiga 15 daqiqa vaqt qoldi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!

• Bosh sahifa
© Championat.In - 2014-2016 Derbi.Uz
waplog