10 noyabr, soat 17:00. "Paxtakor" stadioni. Bosh hakam: Sherzod Qosimov (O'zbekiston)

O'ZBEKISTON

Igor Sergeev (45)

1 : 0

IORDANIYa

JAMOALAR TARKIBI
Aleksandr Lobanov
Davron Hoshimov
Egor Krimets
Anzur Ismoilov
Vitaliy Denisov
Odil Ahmedov
Vadim Afonin
Otabek Shukurov
Server Jeparov
Eldor Shomurodov
Igor Sergeev
  Al-Fitianiy
Ar-Ravashda
Hattob
Zavahra
Ad-Dmeyriy
Abu Amara
Al-Murjan
Hasan
Baxit
Ravshda
Solih
SARIQ KARTOChKA
Vadim Afonin (23)
Server Jeparov (44)
Anzur Ismailov (83)
Javohir Sohibov (87)
 
Yosin Baxit (34)
Mahmud (87)
MATNLI TRANSLATSIYA
90+4'
O'yin yakunlandi. O'zbekiston terma jamoas o'rtoqlik o'yinida Iordaniyani 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi
90+3'
Iordaniyaliklar hujum tashkil qilishdi va olis masofadan zarba berildi. Noaniq
90+1'
Mehmon futbolchisi maydon markazida xavfli o'yin namoyish qildi
90'
Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi
87'
Mehmon futbolchisi olis masofadan zarba berdi. Yerga urilib borgan to'pni Lobanov qaytardi. Hoshimov to'pni egallab, vaziyatdan uzoqlashtirdi
87'
Sohibovga nisbatan qo'pol o'ynagan Mahmud ogohlantirildi
85'
Iordaniyaning xavfli jarima zarbasidan so'ng to'p jonli devorga tegib, Lobanovning qo'liga kelib tushdi
83'
Raqib hujumini to'xtatib qolgan Anzur Ismailov ogohlantirildi
82'
Abu Amara o'rniga Salim tushirildi
80'
Baxit o'rniga Sulaymon tushirildi
79'
Krimets to'pni darvozabonga oshirishda xatoga yo'l qo'ydi, Abu Amara uni egallab olib, Lobanovni ham aldab o'tgan edi. Biroq to'pni o'zidan uzoqlashtirib yuborgani tufayli, uni bo'sh qolgan darvozaga kiritolmadi
76'
Geynrix burchak zarbasini amalga oshirdi, Ismailov to'pni boshi bilan darvozaga yo'llaganida, himoyachi uni darvoza chizig'idan qaytarib yubordi
75'
O'yin surati biroz pasaydi, kurash asosan maydon markazida kechmoqda
72'
Vadim Afonin o'rniga Aziz Haydarov tushirildi
69'
Mahmud uzoq masofadan darvozamiz tomon zarba yo'lladi, Afonin to'pni qaytara oldi
68'
Al-Murjan o'rniga Mahmud tushirildi
65'
O'zbekistonda beshinchi o'zgarish: Otabek Shukurov o'rniga Javohir Sohibov tushdi
62'
Darvozamiz oldida xavfli vaziyat. Iordaniyalik 13-raqamli futbolchi chap qanotdan jarima maydonchamizga kirdi hamda Hoshimov va Krimetsni aldab o'tib ketdi. So'nggi pallada Ismoilov jamoamizni goldan qutqardi
61'
O'ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga iordaniyalik futbolchi jarima maydonchasi chizig'i ustidan bosh bilan zarba berdi. To'pni Lobanov egalladi
60'
Geynrix-Masharipov-Andreev kombinatsiyasidan keyin Stanislav chap qanotdan uzatma berdi. Al-Fitianiy to'pni egallab oldi
59'
O'zbekistonda to'rtinchi o'zgarish: Eldor Shomurodov o'rniga Jaloliddin Masharipov tushdi
59'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani mehmonlar qaytarishdi
58'
Hoshimov burchak zarbasi ishladi
56'
Jamoamiz o'ng qanotdan yaxshi hujum tashkil qildi. Hoshimov-Sergeev-Shomurodov kombinatsiyasi natijasida Eldor to'pni maydonda olib qola olmadi
52'
Vuuuuh! Rashidovdan uzatma qabul qilgan Geynrix to'pni biroz ushlab turdi va Sardorning o'ziga to'pni yumalatib berdi. Sardor Rashidov 26 metrlardan chap oyoqda kuchli zarba berdi. To'p ustun yoniidan o'tib ketdi
51'
Xavfli vaziyat! Shomurodov chap qanotdan to'pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Sergeev bosh bilan to'pni ortga o'tkazdi, ammo Rashidov 7-8 metrlardan aniq zarba bera olmadi. To'p yuqoriga ko'tarilib ketdi
51'
Vuuuh! Iordaniyalik futbolchi jarima maydonchamiz yarim aylanasi ichidan kuchli zarba berdi. Burchakka kirayotgan to'pni Lobanov egallab oldi
49'
Shomurodov jarima maydonchasiga yerlatib uzatma berdi. Sergeev uning fikrini tushunmadi
48'
To'p jarima maydonchamizga yetkazildi. Abu Amara Andreevga nisbatan fol ishlatdi
47'
Iordaniyalik futbolchi ofsaydda qoldi
46'
Ikkinchi bo'lim boshlandi
46'
Ikkinchi bo'lim boshida O'zbekistonda o'zgarish: Server Jeparov o'rniga Aleksandr Geynrix, Denisov o'rniga Satnislav Andreev, Odil Ahmedov o'rniga Sardor Rashidov tushirildi
45+1'
Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shilgandi va bu vaqt yakuniga yetdi. Tanaffus. Hozircha O'zbekiston - Iordaniya - 1:0
45'
GOOL! Igor Sergeev, 1:0! Odil Ahmedov jarima maydonchasi burchagidan yetkazgan uzatmaga hujumchimiz darvozabon maydonchasi olis burchagidan bosh bilan zarba berdi va darvozani ishg'ol qildi
44'
Server Jeparov sariq kartochka oldi. U maydon markazida raqibga nisbatan fol ishlatdi
42'
Terma jamoamiz 2 daqiqa davomida to'pni nazorat qildi. Ahmedov 20 metrlardan zarba berdi. To'p raqib futbolchisidan o'tmadi
40'
Iordaniyalik futbolchi ofsaydda qoldi
39'
Shomurodovga nisbatan ishlatilgan fol uchun belgilangan jarima to'pini Shukurov darvozabon maydonchasiga aylanma tarzda yetkazdi. Himoyachilar to'pni qaytarishmaganida, ikki futbolchimiz darvozani ishg'ol qilishga tayyor edi
37'
Hujumlar soni va sifati bo'yicha Iordaniya ustunlikka erishmoqda. Qanotdan yetkazilgan uzatmani Krimets qaytargan bo'lsa, olis masofadan berilgan zarba noaniq bo'ldi
34'
Yosin Baxit sariq kartochka oldi. U butsasining tishlari bilan Jeparovning oyog'iga tepdi.
33'
Ahmedov to'pni egallab oldinga o'tdiyu, ammo raqib jarima maydonchasi yaqinida to'pni na Shomurodovga yetkazdi, na o'zi himoyachini aldab o'ta oldi
31'
Vuuuuuuh! Abu Amara darvozabonimiz bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi, hattoki Lobanovni ham aldab o'tdi. Futbolchi zarba berish uchun qulay holatga kelib olguncha posbonimiz o'z darvozasiga qaytdi va Amara bergan zarbani egallab oldi
30'
Abu Amara jarimadan aniq zarba berdi. Lobanov to'pni egallab oldi
29'
Ismoilov fol ishlatdi. Darvozamizgacha 28 metrlar
27'
Jamoamiz hujumi oxirgi yetmasdan uzilib qoldi
24'
Iordaniyaning "standart"i xavfli chiqdi. Yerlatib yetkazilgan uzatmani Al-Murjan egalladi va jarima maydonchasi chizig'i yaqiniga yetkazdi. Ahmad Solih 14 metrlardan aniq zarba bera olmadi. To'p yon tomonga ketib qoldi
23'
Afonin raqibga nisbatan qo'pol o'ynadi va ogohlantirish oldi
22'
Shomurodov to'pni jarima maydoniga, Sergeevga oshirganida himoyachilar uni qaytara olishdi
20'
O'zbekistonning burchak zarbasi, Shukurov to'pni jarima maydoniga oshirganida Ismailov yaqin masofadan zarba yo'lladi. Darvozabon to'pni ushlab oldi
18'
Ahmedov to'pni jarima maydoniga aniq yetkaza olmadi, aks holda Shomurodov qulay vaziyatga chiqib borishi mumkin edi
15'
Shomurodov jarima maydoni ichida qaychi uslubida zarba yo'lladi, biroq u kuchsiz chiqdi va to'p darvozabonning oson o'ljasiga aylandi
12'
VUUUUUH! Burchak to'pidan keyin Ravashda 21 metrlardan zarba berdi. To'p ustunga tegib qaytdi. Darvozabon maydonchasida to'pni egallagan futbolchi ofsaydda qolgandi
11'
Darvozamiz tomon aniq zarba. O'ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga 14 metrlardan zarba berildi. Lobanov egallab olish mumkin bo'lgan to'pni urib yubordi. Anzur esa to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
10'
Sergeev himoyachidan to'pni olib qo'ydi va 17 metrlardan zarba berdi. To'p olis ustun yonidan o'tib ketdi. Igor jarima maydonchasi kirayotgan Jeparovning yo'liga to'pni tashlab berishi ham mumkin edi
9'
Vadim Afonin maydon markazidan uzatma berib, o'ng qanotdan oldinga o'tayotgan Hoshimovni to'p bilan ta'minladi. Ammo burchakdagi bayroqcha oldida to'p Davronga tegib, maydonni tark etdi
7'
Shomurodov jarima maydonchasiing chap burchagidan kirib bordi, bir himoyachini aldadi, ammo Sergeev tomon muvaffaqiyatli uzatma bera olmadi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi
5'
Jamoamiz maydon markazida to'pni egallab, tezkor qarshi hujum tashkil etishga harakat qildi. Ammo mehmonlar tezda himoyaga qaytishdi va hujumni bartaraf etishdi
2'
Iordaniyaliklar chap qanotdan jarima zarbasini tepish huquqini qo'lga kiritishdi. Jarima maydonchamizga yetkazilgan uzatmani Vadim Afonin bosh bilan qaytardi
0'
O'yin boshlandi. To'pni o'yinga iordaniyaliklar kiritib berishdi
'
Iordaniya va O'zbekiston madhiyalari yangraydi
'
Diqqat! Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda
'
Qadrli, futbol muxlislari. O'zbekiston va Iordaniya terma jamoalari o'rtasidagi o'yindan matnli onlayn translyatsiyani boshlaymiz

• Bosh sahifa
© Championat.In - 2014-2016 Derbi.Uz
waplog